28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:34
Salomatlik 👁 275

Masʼullar tomonidan Amudaryo tumanida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oʻrganildi

Masʼullar tomonidan Amudaryo tumanida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oʻrganildi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sogʻligini saqlash, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

7-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari − Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻrinbosari Akmal Asqarovlar Amudaryo tumaniga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar tuman hokimi oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova hamda tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetovlar hamrohligida tuman tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimida boʻlishdi. Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Faxriddin Abdullayev tugʻruq boʻlimida yosh onalar va goʻdaklar uchun yaratilgan sharoitlar bilan masʼullarni yaqindan tanishtirdi.

Mehmonlar erta tugʻruq va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning oldini olish, istalmagan homiladorlik masalalarida olib borilgan targʻibot ishlari bilan tanishib, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, reproduktiv salomatlikni saqlash, goʻdaklar oʻlimining oldini olishga qaratilgan qator qonunlar, Prezident farmon va qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildilar.

Shundan soʻng, tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikadagi sharoitlar koʻzdan kechirildi. Shifokor va hamshiralar bilan suhbat qurildi. Muloqot davomida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish masalalari haqida soʻz yuritildi. Aholini dori bilan emas, profilaktika bilan sogʻlomlashtirish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, odamlarning oʻz sogʻligʻiga eʼtiborini kuchaytirish, skrining tekshiruvlarini muntazam oʻtkazib borish kerakligi aytib oʻtildi.

Tashrif davomida mehmonlar Xitoy ovuli hududidagi 6-sonli Qishloq oilaviy poliklinikasiga ham tashrif byurdilar. Shifokor va hamshiralar hamda birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish uchun kelgan bemorlar bilan suhbatlashish asnosida sohadagi kamchilik va takliflar oʻrganildi.

Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari − Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova Boʻz yop ovul fuqarolar yigʻini binosida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi bilan uchrashdi. Uchrashuvda oʻtgan 2022-yil davomida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Undan tashqari, malakali tibbiy xizmatlarning har bir oilaga kirib borishini taʼminlash, bunda ehtiyojmand insonlarga alohida yondashish kerakligi taʼkidlandi hamda mahalladagi tibbiyot konteyneri koʻzdan kechirildi.

Tuman markazidan olisda joylashgan Boʻz yop mahallasida tashkil etilgan konteyner tibbiy uskunalar, internet, zamonaviy aloqa vositalari, dori-darmonlar bilan jihozlangani aholining uzogʻini yaqin qilib, chekka hududlar aholisiga ham sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini bermoqda.

Tashrif davomida Maryam Ahmedova Boʻz yop mahallasida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”da turuvchi 1-guruh nogironi Goʻzal Koʻchqarovning xonadonida boʻldi. Goʻzal Qoʻchqarova imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramasdan, tikuvchilik kasbining sir-asrorini toʻliq oʻrgandi. U xotin-qizlar faolining koʻmagi bilan kasbga oʻqitilib, maxsus sertifikatni qoʻlga kiritdi. Unga hokim yordamchisining koʻmagi bilan tikuv mashinasi olish uchun subsidiya ajratildi.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova intiluvchan va tirishqoq Goʻzal Qoʻchqarovaga tikuv mashinasini topshirdi hamda kelajakda mashhur tikuvchi boʻlib, oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishiga tilakdoshlik bildirdi.

Mamlakatimizda ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga har tomonlama koʻmak berish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning sogʻligʻini saqlash, bandligini taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik yordam koʻrsatish maqsadida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar samarasi oʻlaroq ayol-qizlarimiz oʻzlarini jamiyatning ajralmas boʻlagi ekanligini qalban his qilib, yurt rivoji va aholi farovonligi uchun munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026