Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan Bolalar sport maktabi oçiq birinçiligi ötkazildi
Mamlakatimizda har yili 14-yanvarda Vatan himoyaçilari kuni ulkan tantana qilinadi. Tobora jangovor qobiliyati kuçayib, qudrati oşayotgan milliy armiyamizga xalqimizning hurmat-ehtiromi yuqori. Şu boisdan ham uşbu bayram munosabati bilan yurtimizning barça hududlarida sana munosabati bilan turli tadbirlar ötkaziş anʼanaga aylangan.
10-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi Bolalar sport maktabida ham “Milliy armiyamiz – Yangi Özbekistonning mustahkam qalqoni” şiori ostida sportning dzyudo turi böyiça 2009-2011 va 2012-yillarda tuğilgan ösmirlar örtasida sport maktabi oçiq birinçiligi ötkazildi.
Respublika hududida amaldagi Xalqaro Dzyudo federatsiyasi qoidalari asosida bolalar va ösmirlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qiliş natijasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, yoşlar, ösmirlar örtasida dzyudo sportini ommalaştiriş, dzyudo bilan şuğullanayotgan kuraşçilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlaş va sport maktab terma jamoasini şakllantiriş, trener va hakamlarning malakasini oşiriş maqsadida tuman Bolalar sport maktabi, Mudofaa işlari bölimi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi tomonidan taşkillaştirilgan oçiq birinçilik musobaqasi bayram tusini oldi.
Musobaqa iştirokçilarini sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov, tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, podpolkovnik Şerzod Murodovlar Vatan himoyaçilari kuni bilan qizğin qutlab, yuqori natijalarga erişişini tiladilar.
Bellaşuvlar oldidan sport maktabining gimnastika guruhi tarbiyalanuvçi qizlari va özbek jang sanʼati guruhi tarbiyalanuvçi qizlari körgazmali musiqiy çiqişlar qilib, yoş polvonlarga kötarinki kayfiyat ulaşdilar. Jangovor musiqalar yoş dzyudoçilarga özgaça şiddat, kuç bağişladi, özlariga bölgan işonçini yuksaltirdi.
Söngra musobaqalarga start berildi. 2009-2011 va 2012-yillarda tuğilgan 100 nafarga yaqin yoş polvonlar birin-ketin sakkizta vazn toifasida ğoliblik uçun bellaşdilar. Polvonlar bahsini sport maktabi treneri, musobaqa boş hakami Pölat Kömekov va Hakimjon Nurimbetovlar odilona baholab bordilar.
Murosasiz keçgan bahslarda bor kuç va salohiyatini, mahoratini ğalaba qozonişga sarflagan Suhrob Farhodov, Xursand Ömirboyev, Doniyor Zarifboyev, Behruz Sultonov, Samandar Ozodov, Asadbek Xoşimov, Botir Xudoyberganov, Karomaddin Yöldoşevlar öz vazn toifasida ğoliblikka erişdilar. Suhrob Arazboyev, Suhrob Rustamov, Adham Yusupov, Hidoyat Qurbonboyev, Abdujalol Qurbonboyev, Mirjalol Bozorboyev, Bunyod Bahodirov, Ğulom Yangiboyevlar esa öz vazn toifalarida ikkinçi örinlarni egalladilar.
Musobaqa ğoliblari va ikkinçi, uçinçi örinlarni yengib olgan yoş polvonlar tuman Mudofaa işlari bölimi, Yoşlar agentligi tuman bölimi va sport maktabi maʼmuriyatining qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi.
“Milliy armiyamiz – Yangi Özbekistonning mustahkam qalqoni” şiori ostida ötkazilgan dzyudo böyiça oçiq birinçilik musobaqalari uşbu sport turi bilaş şuğullanayotgan yoş polvonlarga kötarinki kayfiyat baxş etdi, ularning milliy armiyamizga hurmat-ehtiromini yuksaltirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶