Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan Vatan himoyaçilariga BAYRAM TABRIGI
Qadrli askar va serjantlar, Qurolli Kuçlarimiz faxriylari!
Avvalo, Siz azizlarni, sizlar orqali barça harbiylarimizni, butun xalqimizni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Albatta, yurtimizda bayramlar, tarixiy sanalar juda köp. Ammo yurt tinçligi, osmonimiz musaffoligi, davlatimiz çegaralarining daxlsizligini taʼminlovçi qudratli kuç – Vatan himoyaçilari kuni bayrami barçamiz uçun qadrli va ahamiyatlidir.
Ozod va obod Vatanimizdagi osuda hayot, çegaralarimiz daxlsizligi, bunyodkor xalqimizning tinçligi va osoyiştaligini qöriqlaşda Vatan himoyaçilarining xizmatlari beqiyosdir.
Taʼkidlaş kerakki, milliy armiyamizning kuç-qudrati harbiy xizmatçilarimiz bilan bağrikeng va olijanob xalqimizning birligidadir. Bugun xalqimiz öz qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burçini şaraf bilan ötayotgan harbiylarimiz bilan har qaçongidan ham köra jips va birdamdir.
Aziz yurtdoşlar!
Bugungi kunda milliy armiyamiz yoşlarimiz uçun çinakam mardlik, fidoyilik, vatanparvarlik maktabiga aylangani barçamiz uçun ayni haqiqatdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barça ota-onalar, butun xalqimiz ğurur bilan, minnatdorçilik bilan eʼtirof etmoqda.
Hozirgi kunda onalar öz farzandlarini armiyaga közda yoş, yurakda xavotir bilan emas, balki “Mening öğlim haqiqiy Vatan himoyaçisi böladi” degan yuksak işonç va faxr tuyğusi bilan kuzatmoqda.
Yurtimizda ofitserlar va serjant kadrlarni tayyorlaş hamda malakasini oşirişning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratildi. Harbiy xizmatni özining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burçi deb bilgan öğlonlarimizni şaraflaş, ularga ehtirom körsatiş barçamiz uçun ham qarz, ham farzdir.
Qolaversa, yoşlarni uzluksiz harbiy taʼlimga jalb qiliş borasida ham tizimli işlar yölga qöyildi. Birgina 2022-yilda 9 nafar tumanimiz yoşlari Oliy harbiy taʼlim muassasalariga, 8 nafar yoşlarimiz esa “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga öqişga qabul qilindi. Ular ham kelgusida eng namunali Vatan himoyaçilari bölib yetişişiga işonamiz!
Qadrli Vatan himoyaçilari!
Fursatdan foydalanib, yana bir bor Siz azizlarni va oila aʼzolaringizni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Barçangizga mustahkam soğlik, oilaviy baxt va saodat, şarafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶