Oybek nomli mahallada tuman hokimining yoşlar bilan navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi
18-yanvar kuni Amudaryo tumanining Oybek mahallasida tuman hokimining yoşlar bilan navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, mutasaddi taşkilot masʼullari hamda mahalladagi faol yoşlar iştirok etişdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev mamlakatimizda unib-ösib kelayotgan yoş avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, isteʼdodlarini yuzaga çiqariş uçun yaratilgan şaroit va imkoniyatlar xususida aytib ötdi. Şu bilan birga Amudaryo tumanida yakunlangan 2022-yil davomida yoşlarning bandligini taʼminlaş, kasbga öqitiş, ijtimoiy muammolarini tizimli hal qiliş borasida olib borilgan işlar sarhisob qilindi. 2023-yilga möljallangan rejalar xususida ham yoşlarga batafsil maʼlumotlar berildi.
Mahalladagi hokim yordamçisi Mahmud Saparbayev aholi orasida xatlov jarayonlari olib borilayotganligini, bu jarayonda har bir fuqaroning xonadonida bölib, ular bilan birma-bir suhbat olib borilayoganligini taʼkidladi. Ahamiyatlisi, xatlov jarayonlarida yoşlarning aksariyati tadbirkorlik qiliş istagi borligini bildirib, yöl-yöriq va körsatmalar sörayotganligini aytib ötdi.
Mahalladagi yoşlar yetakçisi Quvvat Esamuradov esa yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ular örtasida sportni ommalaştiriş, yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Şundan söng, yoşlardan Surayyo Yöldaşeva oliy taʼlim muassasasida kontrakt asosida taʼlim olayotganligini bildirib, kontrakt tölovining 50 foizi qoplab berilişida tuman hokimidan amaliy yordam söradi.
Şuningdek, yoşlardan Baxadir Sobirov oilaviy şaroiti haqida maʼlum qilib, muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun şartnoma badalini qoplab berişda amaliy yordam sörab murojaat qildi.
Bahoroy Saʼdullayeva esa oliy taʼlim muassasasiga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinganligini, ammo oilaviy şaroiti sabab tölovni öz vaqtida amalga oşirişga qiynalayoganligini bildirib tuman hokimiga yordam sörab murojaat qildi.
Murojaatlar yuzasidan tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev tegişli mutasaddilarga topşiriqlar berib, ijrosini öz nazoratiga oldi.
Aytiş kerakki, tuman hokimining yoşlar bilan bölib ötgan uçraşuvlarida yoşlar tomonidan kelib tuşayotgan murojaatlar imkon qadar ijobiy hal qilinmoqda.
Tuman hokimining yoşlar bilan bilan bölib ötgan uçraşuvlarining birida yoşlardan Şokir Hayitbayev va Asaloy Matqurbanovalar tuman hokimiga öz muammolarini aytib, murojaat qilişgan edi. Oybek mahallasida bölib ötgan mazkur uçraşuvda Şokir Hayitbayev haydovçilik guvohnomasini olişda amaliy yordam berliganini, Asaloy Matqurbanova esa öqişining kontrakt tölovi qoplab berilganligini va murojaati ijobiy hal bölganligini aytib, tuman hokimiga minnatdorlik bildirişdi.
Uçraşuvda mahallaning faol yoşlaridan Tursunboy Rahimov sözga çiqib, tumanda sport sohasini rivojlantiriş, sportçi yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasida salmoqli işlar amalga oşirilayotganligini va buning natijasida tuman yoşlari katta ğalabalarga erişayotganligini aytib ötdi. Jumladan, Tursunboy Rahimovning özi ham “Beş taşabbus olimpiadasi”ning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallaganligini, bunga sabab esa yoşlar uçun yaratilgan şaroit va imkoniyatlar ekanligini taʼkidlab, tuman hokimiga minnatdorçilik bildirdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶