28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:59
Siyosat 👁 368

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 57-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 57-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 21-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 57-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani tuman hokimi — Kengash raisi Sultonboy Yoʻldoshev ochdi va olib bordi.

Sessiyada deputatlar, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kotibligiga 11-Oʻrta qala saylov okrugidan deputat Hamro Xoʻjayev saylandi.

Sessiyada dastlab Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar tomonidan 2022-yil davomida bajarilgan ishlar va 2023-yilning birinchi yarim yilligi uchun “Yoʻl haritalari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev tomonidan qayd etilganidek, 1-sektor hududida “Temir daftar”ga kiritilgan 597ta oilaning 587tasi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 592 nafar yoshlarning 578 nafariga amaliy yordamlar koʻrsatilib, daftarlardan chiqarildi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 933 nafar ayol-qizlarning doimiy daromad manbalari yaratildi. Sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 30,7 mlrd. soʻmlik 26 ta loyihalar ishga tushirilib, 132 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Sessiya ishida tuman prokurori oʻrinbosari Poʻlat Bekniyazov 2-sektorda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi. Hisobotda taʼkidlanganidek, joriy 2023-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2-sektor hududida umumiy qiymati 1 mlrd 981 mln. soʻmlik 3 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida mahalla va ovullardagi mavjud muammolarni bartaraf etish rejalashtirilgan. Hisobotda shu va boshqa yoʻnalishdagi ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi – 3-sektor rahbari Jamaladdin Yusupov hisobot berdi. Taʼkidlanganidek, 2022-yil davomida 3-sektor tomonidan 42 ta sayyor qabul oʻtkazilib, ikki marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etilgan. Shuningdek, “Temir daftar”dagi 790 nafar, “Ayollar daftari”dagi 960 nafar, “Yoshlar daftari”dagi 596 nafar yoshlarning barchasiga turli yordamlar koʻrsatilib, daftarlardan chiqarilgan.

4-sektor rahbari − tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov ham kun tartibidagi masala yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda qayd etilishicha, 3-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 610 nafar xotin-qizlarning barchasiga turli yordamlar koʻrsatilib, daftardan chiqarilgan. Shundan, uy-joyga muhtoj 13 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 6 nafari mahalliy byudjet va homiylar yordami hisobidan uy-joy bilan taʼminlangan.

Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning hisoboti tinglandi. Hisobotda qayd etib oʻtilganidek, 2022-yil davomida Xalq qabulxonasiga fuqarolar tomonidan 2677 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 2345 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 1830 tasi ijobiy hal qilingan.

Tumanda jamoat xavfsizligini taʼminlash natijalari, hududda sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar sabablari va kelgusida ularning oldini olish masalasi boʻyicha Amudaryo tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Sharapat Joldasbayev sessiyada hisobot berdi.

Hisobotda aytib oʻtilganidek, 2022-yil davomida tumanda profilaktika inspektorlari tomonidan jami 4750 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, shulardan 811 tasi ayollarga, 3939 tasi erkaklarga nisbatan tuzilgan va 127 tasiga maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi rahbari Jahongir Xolmurodovning axborot tinglandi. Axborotda keltirilishicha, tumanda “Mehr daftari” elektron platformasiga jami 38 ta yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kiritilib, yashash sharoitlari, muammo va qiziqishlari oʻrganib chiqilgan hamda 12 ta chin va ijtimoiy yetim bolalarning muammolarini hal etish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi toʻliq taʼminlangan.

Shundan keyin sessiyada byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2022-yil 4-chorak yakunlari yuzasidan tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi. Taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-yanvar holatiga “Tashabbusli byudjet” jarayonining ikkinchi mavsumida jami 6 taklif boʻyicha pudratchi tashkilotlar tomonidan 3 mlrd. 607 mln 700 ming soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilgan.

“Tashabbusli byudjet” jarayonining ikkinchi mavsumida gʻolib boʻlgan takliflarda asosan ichki yoʻllarga asfalt qoplamasini yotqizish koʻzda tutilgani va havo haroratining keskin pasayib ketishi sababli qurilish-taʼmirlash ishlari vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Sessiyada tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Palvanovning ham hisoboti tinglandi. Hisobotda qayd etib oʻtilganidek, tumanda mavjud jami umumiy maydoni 212,5 gektar, shundan ekin maydonlari 199,1 gektar boʻlgan uchastkalar “e-auksion” elektron platformasiga qoʻyilmoqda. Deputatlar mazkur yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqib, tasdiqladilar.

Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026