Gulzor mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli va yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi
Zamonaviy bilim va könikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uçun javobgarlikni öz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvçan va serğayrat yoşlarni tarbiyalaş mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirişning eng muhim şartidir. Mazkur ezgu maqsadni röyobga çiqariş, yoşlarning muammo va takliflarini örganiş maqsadida taşkil etilayotgan hokim va yoşlar uçraşuvlari yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oşirişda muhim vosita bölib xizmat qilmoqda.
26-yanvar kuni Amudaryo tumanining Gulzor mahalla fuqarolar yiğini binosida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşevning sayyor qabuli va yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Unda tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailov hamda mahallaning faol yoşlari iştirok etişdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev sönggi yillarda yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qiliş, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oşiriş borasida ulkan işlar amalga oşirilayotganini taʼkidladi. Şu bilan birga, joylarda yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşirişga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilişga, yoş tadbirkorlarning istiqbolli ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqarişga doir köplab saʼy-harakatlar amalga oşirilayotganini aytib ötdi.
Uçraşuvda yoşlar öz muammo va takliflari bilan tuman hokimiga murojaat qilişdi. Jumladan, mahallaning faol yoşlaridan Dinora Yangiboyeva özining tadbirkorlik faoliyatini yölga qöymoqçi ekanligini ammo, buning uçun böş bino zarurligini aytib, tuman hokimiga murojaat qildi.
Şuningdek, yoşlardan Nilufar Tursinbayeva hamda Ozoda Berdiboyevalar oliy taʼlim muassasasida öqiyotganligini, ammo oilaviy şaroiti tufayli kontrakt tölovini tölaş muammo bölayotganiligini bildirib, amaliy yordam söraşdi.
Mahalla yoşlaridan yana biri Dilşodbek Soatboyev esa tuman hokimiga oilaviy şaroitini, aytib haydovçilik guvohnomasini oliş uçun badal pullarining qoplab berilişida amaliy yordam söradi.
Yoşlardan kelib tuşgan murojaatlarning barçasi ijobiy hal etiladigan böldi. Bu böyiça Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailovga hamda Gulzor mahallasining hokim yordamçisi Akbar Rajabovga topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Yiğilişda yoşlarning biznes taşabbuslari, Start-up ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş hamda qöllab-quvvatlaş, band bölmagan yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklar va biznes yuritiş könikmalariga öqitiş, umuman yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşiriş orqali ularning bandligini taʼminlaş muhim vazifalardan biri ekanligi va bu masalaga tuman hokimligi va sektor rahbariyati doimiy eʼtibor qaratişi taʼkidlandi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev mamlakatimizda yaratilgan barça şaroit va imkoniyatlar faqat yoşlar uçunligini taʼkidlab, ularning kelgusi işlariga omad va zafarlar tiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶