Tuman Kengaşi deputatalari, kotibiyat mudirlari hamda fuqarolar yiğinlari raislarining bilimlarini oşirişga bağişlangan öquv-seminar bölib ötdi
26-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, ommaviy axborot vositalari iştirokida öquv seminari bölib ötdi.
Öquv seminarni tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayev oçdi va olib bordi. Seminardan közlangan maqsad, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabr kungi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatining mazmun-mohiyatini tuşuntiriş şuningdek, deputatlarning qonuniy xuquqi va majburiyati, ommaviy axborot vositalari bilan işlaşiş metodlari, fuqarolar yiğinlari raislarining jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşiş jarayonida ahamiyat qaratilişi lozim bölgan jihatlar böyiça bilim va könikmalarni yanada mustahkamlaşdan iboratdir.
Seminarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabr kungi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati töğrisida Özbekiston Respublikasi “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi ijroiy qömitasi devonining deputatlar, deputatlik birlaşmalari va boşlanğiç partiya taşkilotlari bilan işlaş bölim boşliği Majid Mirzambetov maʼruza qildi.
U öz nutqida muhtaram Prezidentimiz Murojaatnomada oltita yönalişda amalga oşiriş zarur bölgan eng muhim islohotlarni ilgari surganligini bularning barçasi Yangi Özbekistonning taraqqiyot yölida muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi. Şuningdek, 2023-yildan maktab taʼlimini xalqaro taʼlim dasturlari asosida butunlay isloh qiliş kelasi beş yilda ularning soni bir mingtaga yetkazilişi işonçli kelajak, yoş avlodning porloq hayoti uçun tikilgan investitsiya ekanligini aytib ötdi.
Yiğilişda deputatlarning qonuniy xuquqi va majburiyatlari yuzasidan Kengaş ijroiy qömitasi devoni mafkuraviy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça boş mutaxassis Muxamedali Tursinbayev maʼruza qildi.
Qayd etib ötilganidek, deputat öz faoliyatida jamiyatda umumiy qabul qilingan odob-axloq printsiplariga qatʼiy rioya etişi, fuqarolarning, mansabdor şaxslarning huquqlari, şaʼni, qadr-qimmatini yoki işçanlik obrösini hurmat qilişi, şuningdek deputat nomiga doğ tuşiradigan va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan özini tiyişi lozim.
Undan taşqari, deputat öz vazifalarini vijdonan va halol bajarişi, öz malakasini yuqori darajada tutib turişi, özining nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini takomillaştirib borişi kerak.
Seminarda deputatlarning ommaviy axborot vositalari bilan işlaşiş metodlari yuzasidan Kengaş raisining axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Mirzaxmet Tajimuratov maʼruza qildi.
Taʼkidlanganidek, deputat ommaviy axborot vositalarida, matbuot konferentsiyalarida, boşqa jamoat tadbirlaridagi çiqişlarida, omma oldidagi bayonotlarida davlat organlari va boşqa organlarning, taşkilotlarning, mansabdor şaxslarning va fuqarolarning faoliyatini şarhlaganda öz nutqida ularning şaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qöpol, haqoratomuz ibora va sözlarni qöllaşga, asossiz ayblovlarga yöl qöyişga, bila turib yolğon va notöğri axborotdan foydalanişga, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etişga haqli emas.
Seminar davomida fuqarolar yiğinlarining aholi murojaatlari bilan işlaş tartibi haqida ham söz yuritildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Adliya bölimi xodimi Jurʼat Avezov maʼruza qilib, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini töliq taʼminlaş lozim ekanligini qayd etib ötdi.
Seminarda tuman hokimligining taşkiliy-nazorat guruhi yetakçi mutaxassisi Azat Almuratov Fuqarolar yiğinlarining ijro intizomi va hujjatlar bilan işlaş yönalişida amalga oşirilişi lozim bölgan tartib va qoidalar bilan barçani yaqindan taniştirib ötdi.
Öquv-seminar davomida deputatlar hamda mahalla raislarining siyosiy bilimlari yanada oşirildi. Iştirokçilar seminar taşkilotçilariga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişliça javoblar olişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶