28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Fan va taʼlim 👁 326

MAKTABLAR AMALIYoTChI PSIXOLOGLARI IShTIROKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

MAKTABLAR AMALIYoTChI PSIXOLOGLARI IShTIROKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Maktab sinfxonasida oʻtirgan har bir oʻquvchi har xil oilaviy muhitda tarbiya topgan, turlicha xarakterga ega boʻlishini inobatga olsak, oʻqituvchi ularga fan asoslarini chuqur oʻrgatishi, darslarni hamma oʻquvchi ham oʻzlashtira olishiga erishishi ancha murakkab jarayon ekanligi ravshan boʻladi. Chunki bola maktab yoshiga yetgan vaqtida uning shaxsiy xususiyatlari, dunyoqarashi va xarakteri ancha shakllangan boʻladi.

Mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi psixologlar bu borada fan oʻqituvchilariga yaqin koʻmakdosh boʻladi. Ular oʻzi ishlayotgan muassasada oʻquvchilar va ustozlar orasida doʻstona munosabat oʻrnatilishi, oʻquvchilarda oʻz maktabiga, ustozlariga, sinfdoshlariga hurmat hissini tarbiyalashga masʼuldirlar. Shuningdek, oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi omillar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi va psixologik yordam beradi. Pedagogik jamoa bilan mavjud muammolarni hal etish choralarini koʻradi.

Maktab psixologi oʻquvchilar shaxsining individual xususiyatlarini inobatga olib, ularning izlanishini, intilishlarini qoʻllab-quvvatlaydi va salohiyatli boʻlib voyaga yetishiga koʻmaklashadi.

Shu yilning 30-yanvarida Mangʻit shahridagi 38-sonli maktabda tumanimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida mehnat qilayotgan amaliyotchi psixologlari uchun yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda maktablar amaliyotchi psixologlaridan tashqari tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Goʻzal Soburova, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori Gulbahor Oʻroimbetova, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi metodist psixologlari Tatyana Pirlepesova, Nurbek Seyitboyevlar ishtirok etdilar.

Yigʻilishda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya sifatini oshirishda, oʻquvchilar intillektual salohiyatini oshirishda psixologlarning pedagogik jamoaga yordamini bugungi kun talablari darajasida tashkil etish, yosh avlod tarbiyasida masʼuliyatini oshirish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda ushbu mavzuda tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Goʻzal Soburova, maktab oʻquvchilarida yoshga doir sodir boʻladigan oʻzgarishlar, ulardagi bu oʻzgarishlarga oqilona munosabatda boʻlishning ahamiyati xususida tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori Gulbahor Oʻrozimbetova, maktablar amaliyotchi psixologlarning taʼlim sifatini oshirish yoʻlida olib borayotgan ishlari xususida tuman Xalq taʼlimi boʻlimi metodist psixologi Tatyana Pirlepesovalar maʼruza qildilar.

Shuningdek, yigʻilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan 84-sonli maktab amaliyotchi psixologi Nigora Saparova, 11-sonli maktab amaliyotchi psixologi Dilnoza Shomurodovalar ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yigʻilishida voyaga yetmaganlar orasida noxush holatlar sodir boʻlishining oldini olish, huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, oʻquvchilar eʼtiborini taʼlim olish, fan asoslarini chuqur egallashga jalb etish borasida maktablar amaliyotchi psixologlarining oʻrni muhim ekanligi taʼkidlandi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026