2023-yil uçun belgilangan soliq stavkalari böyiça oçiq muloqot bölib ötdi
2023-yil 1-fevral kuni Amudaryo tuman Davlat soliq inspektsiyasi binosida ommaviy axborot vositalari uçun oçiq muloqot taşkil etildi.
Oçiq muloqotda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği örinbosari Odilbek Aşirbayev, “Taraqqiyot közgusi” gazetasining masʼul kotibi, jurnalist Ozoda Xudaybergenova hamda soliq inspektsiyasi xodimlari iştirok etişdi.
Oçiq muloqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpoğiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasining barça tumanlariga berilgan soliq imtiyozlari xususida keng turda maʼlumot berib ötildi.
Taʼkidlanganidek, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subʼektlari uçun 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bölgan davrda foyda soliği, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği böyiça soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilgan holda ijtimoiy soliq 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida belgilandi.
Şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tölanayotgan ijtimoiy soliq şaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uçun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uçun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida belgilandi.
Oçiq muloqot davomida tuman Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratiş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşning tabaqalaştirilgan tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisidagi” farmoni ham tuşuntirib ötildi.
Farmonga muvofiq tuman va şaharlar 5 ta toifaga ajratildi.
4-toifaga kiritilgan Amudaryo tumanida yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soliği böyiça eng kam qiymatlarga 0,3, yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun daromad soliği 0,5 gaça kamaytiruvçi koeffitsent kiritiş huquqi beriladi.
Şundan söng, jurnalistlar tuman Davlat soliq inspektsiyasi xodimlariga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilib tegişliça javoblar olişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶