TADBIRKORLAR EʼTIBOR MARKAZIDA
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan «Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” nomli grant loyihasi asosida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning iqtidorlarini keng ommaga taniştiriş, yoşlarni turli zararli illatlardan işonçli himoya qiliş, ularning iş bilan bandligini taʼminlaş maqsadida tadbirlar, uçraşuvlar ötkazilmoqda.
“Yoşlar daftari”ga kiritilgan voyaga yetmaganlarni, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan onalarning farzandlarini “Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlarga faol jalb qiliş maqsadida joylarda tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Ayniqsa beşinçi taşabbus doirasida yoş ayol-qizlarni işga joylaştiriş maqsadida uçraşuvlar taşkil qilinib, özini özi band qilgan va tadbirkorlik bilan şuğullanib, daromad topayotgan yoş ayol-qizlarning iş tajribalarini ommalaştirişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.
Manğit şahridagi Boyovul mahallasida özini-özi band qilgan holda uy şaroitida mehnat qilib, daromad topayotgan ayol-qizlar köplab topiladi.
Mahallada ayol-qizlarning bandligi taʼminlanişi bilan bir qatorda osoyiştalikni saqlaş, köça va xonadonlarning ozodaligiga erişiş, töy-marakalarni ixçam-tartibli ötkaziş, yordamga muhtoj insonlarga har tomonlama kömaklaşiş borasida ham ijobiy işlar qölga olinmoqda.
2022-yil davomida mazkur muammolar hal etilib, bu yilgi iş rejalari ham közda tutilganidek olib borilmoqda.
Mahalladagi “Oqila ayollar harakati” tomonidan ham rejali iş asosida turli tadbirlar ötkazilib kelinmoqda.
Mahallada yaşovçi ijtimoiy himoyaga muhtoj 72 nafar ayol-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ulardan 24 nafari işsiz ayol-qizlar bölib, 8 nafari tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagini bildirişgan. Ularga mahalladagi hokim yordamçisining tavsiyasi bilan imtiyozli kreditlar olib berildi. Hozirgi kunda bu tadbirkor ayollar özlarining iş faoliyatlarini yurgiziş bilan bir qatorda, mahallada işsiz yurgan 2-3 nafar ayol-qizlarning bandligini ham taʼminladilar.
Kasb-hunar örganiş istagini bildirgan 5 nafar ayol-qizlar kasbga öqitiş markazida öqib kelib, iş faoliyati olib bormoqdalar.
Tadbirkor ayol-qizlarning ana şunday saʼy-harakatlari tufayli mahallada turli xizmat körsatiş şoxobçalari, oşxona, oziq-ovqat dökonlari, tikuvçilik ustaxonalari muntazam işlab mahalla ahliga sifatli xizmat körsatib kelmoqda. Imtiyozli kredit asosida iş boşlagan Gulasal Rajabovaning oziq-ovqat dökonida uy-rözğor buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari sotilmoqda. Sifatli oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlar tomonidan minnatdor holda xarid qilinmoqda.
Tadbirkor ayol dökonni kengaytirib, yangidan imorat quriş evaziga oziq-ovqat turlarini köpaytiriş niyatida.
Tadbirkor Muborak Rajabova esa tikuvçilik tsexi oçib, ikki nafar şogirdi bilan iş olib bormoqda. Tajribali tikuvçi tomonidan bejirim kiyimlar har bir buyurtmaçining istagi-didi asosida tikilmoqda. Tikuvçi qizlarga subsidiya asosida yangi tikuv maşinalarini olib beriş rejalaştirilgan.
Mahallada tadbirkor ayol-qizlarning izdoşlari kundan-kunga köpayib bormoqda.
Örozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶