Şoh va şoir Bobur tavalludining 540 yilligi keng nişonlandi
Har yili mamlakatimizdagi barça Oliy, örta taʼlim va maktabgaça taʼlim muassasalarida 14-fevral− Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni keng tarzda nişonlanadi.
Buyuk şoh va şoir, davlat arbobi, musiqaşunos, olim, turkiy, forsiy, va hind tilida gözal aşʼorlar bitgan serqirra ijod sohibi− Boburning hayot yöli barçaga ibrat maktabidir.
Manğit şahrida joylaşgan “Amu quyoşi” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotida ham Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bağişlab tadbir taşkil etildi.
Tadbirda sözga çiqqan nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori Sayyora Jumamuratova Bobur şaxsiyatining mamlakatimizda va umuman, jahon tarixi, madaniyatidagi örni, navqiron avlod uçun ibratli jihatlari, bu zot qoldirgan bebaho maʼnaviy merosning ahamiyati xususida töxtaldi.
Şundan söng, tarbiyalanuvçilar tomonidan tayyorlangan gözal raqslar namoyiş qilindi.
Şuningdek, tadbirda 12 yoşdan boşlab davlatni boşqargan buyuk siymoning hayot yöli davomida körgan qiyinçiliklari, baxtli kunlari, Vatan soğinçi aks etgan sahna körinişlar namoyiş etildi. Qolaversa, bolajonlar buyuk siymoning betakror ğazallari va ruboiylaridan namunalar öqib, maʼnolarini şarhlab berişdi.
Maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilarining katta insonlardek fikr yuritişi, özlarini Boburning izdoşlari deya his qilib, uning dardi va quvonçini töliq gavdalantirib bergani tadbirga taşrif buyurgan ota-onalarda ham katta tassurot qoldirdi. Ayniqsa, hinça va andijonça raqslar ikki elning neça yuz yillarlan buyon davom etib kelayotgan döstlik riştalarini yana bir bora gavdalantirib bergandek böldi.
Tadbirda iştirok etgan bolajonlar buyuk şoh va şoirning Alişer Navoiydan keyingi betakror siymo ekanligini yanada teran his qildilar. Boburning insoniy fazilatlari, oliyjanob hislatlarini özlariga örnak qilib oldilar.
Darhaqiqat, öz ona zaminidan yiroqda butunlay begona yurtni makon tutgan bobomiz tarqoq holdagi hind qabilalarini birlaştirib Boburiylar imperiyasiga asos soldi. Bor yöği 47-yil umr körgan bölsa ham, avlodlariga bitmas-tuganmas maʼnaviy xazina qoldirdi. U özining maʼlum va maşhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik şoir va ijtimoiy masalalar yeçimiga öz hissasini qöşgan olim sifatida jahon hamjamiyatida özining yuksak örniga egaligi bilan bizga ğurur va iftixor bağişlaydi.
Boburning tavallud kuni munosabati bilan ötkazilayotgan keçalar, konferetsiyalar, tadbirlar bobomizni yod etişga, uning boy merosini tarğib qilişga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Şunday ekan, har bir Vatandoşimiz qalbida Bobur siymosini aardoqlab, uning boy merosini kelgusi avlodga etkazişga daxldor ekanligini çuqur his qilmoği lozim.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶