QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRI BIRINChI OʻRINBOSARI ELMUROD TURSUNOV RAHBARLIGIDA AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI
13-fevral kuni Amudaryo tumanining Uyshin mahalla fuqarolar yigʻinida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Elmurod Tursunov ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabulda tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi boshligʻi Yesengeldi Utepov, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Nilufar Jumaniyazova hamda Uyshin mahallasining 50 nafardan ortiq faol fuqarolari ishtirok etishdi.
Undan tashqari, sayyor qabulda tumandagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari va natariuslar qatnashishdi.
Sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri birinchi oʻrinbosari Elmurod Tursunov soʻzga chiqib, qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yigʻilish ishtirokchilariga tushuntirdi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun berilayotgan soliq imtiyozlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Shundan soʻng, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qayd etish lozimki, fuqarolardan umumiy 41 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan 11 nafari muddat talab etuvchi murojaatlar ekanligi maʼlum boʻldi.
Fuqarolarning elektr energiyasi, elektr simyogʻochlari, sogʻliqni saqlash, taʼlim sifati, qurilishi hali ham yakuniga yetmayotgan 75-sonli umutaʼlim maktab boʻyicha, soliq imtiyozlari, uy-joyni rasmiylashtirish, farzandining toʻlov-kontrakti toʻlab berilishi, boʻyicha qilgan murojaatlari qabul qilinib, qonunchilikda belgilangan muddatda javob yuborilishi maʼlum qilindi.
Undan tashqari, ishsizlik, ijtimoiy nafaqalar tayinlanmaganligi, kadastr va vorislik huquqlari va boshqa masalalar boʻyicha kelib tushgan 30 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu oʻrinda qayd etish lozimki, bugun har bir fuqaro uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarining eshiklari ochiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini ish xonalarida emas, balki joyiga borib, haqiqiy holatni koʻrgan va oʻrgangan holda koʻrib chiqmoqdalar.
Aytish kerakki, sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etish imkonini berayotgani, hududlarda yigʻilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etilishida davlat organlari va tashkilotlari oldiga vazifalar qoʻyayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶