QUTURIŞ KASALLIGINING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA MAXSUS ÖQUV-TAKTIK MAŞQI ÖTKAZILDI
Amudaryoda “Odamlar va hayvonlar örtasida quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş tadbirlarida Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş davlat quyi tizimi Amudaryo tumani böğinining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi.
15-fevral kuni Kuyuk köpir ovuli hududida bölib ötgan uşbu maxsus-taktik öquv maşqiga jami 130 ta şaxsiy tarkib va 6 ta texnika jalb qilindi. Maşğulot davomida hududda quturiş kasalligiga doir favqulodda vaziyat sodir bölganida Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş davlat quyi tizimi Amudaryo tumani böğinining hamkorlikdagi harakatlari amaliy körsatib berildi.
Maxsus-taktik öquv maşqi 4 ta bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiçda ovuldagi 19-sonli maktab binosi oldida tegişli xizmatlarning saf körigi taşkil etildi. Dastlab tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi bölinma boşliği, kapitan Bekzod Tajiboyev tegişli Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş davlat quyi tizimi Amudaryo tumani böğini tomonidan aholi örtasida quturiş kasalligi tarqalişining oldini oliş va bartaraf qiliş böyiça kerakli kuç va vositalarning şayligini körikdan ötkazdi. Har bir xizmat tomonidan öz funktsional vazifalaridan kelib çiqqan holda amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar belgilab olindi.
Ikkinçi bosqiçda maktab binosining majlislar zalida körgazmali öquv seminar bölib ötdi. Seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği örinbosari Salamat Berdekeyev “Aholi örtasida quturiş kasalligi tarqalişi bilan boğliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişi xavfi, ularning oldini oliş va bartaraf etişda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining ahamiyati” mavzusida maʼruza qildi.
Tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi şifokori Durbek Bobojonov “Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida quturiş kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi hamda bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar” mavzusida maʼruza qilib, tuşuntirişlar berdi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi Köp tarmoqli markaziy poliklinikasi radiolog şifokori Soliy Xolimbetov “Quturiş kasalligi patogenezi, klinikasi, davolaş va profilaktika usullari” mavzusida söz yuritdi. Tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimining Kuyuk köpir ovulidagi bölinmasi mudiri Sanjar Rajabov esa “Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida quturiş kasalligi böyiça mavjud epizootik vaziyat hamda uning oldini oliş borasida olib borilayotgan epizootiyaga qarşi tadbirlar” mavzularida maʼruzalar qildi.
Maşğulotning uçinçi bosqiçida quturiş kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlanganda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzilmasi xizmatlari tomonidan bajariladigan harakatlar amalda körsatib berildi. Tibbiyot birlaşmasida yuqumli kasalliklar şifokori kasallikka gumon qilingan fuqaroni qabul qilib, quturiş kasalligiga xos belgilarini aniqladi va bemorga tegişli tibbiy muolajalar qildi. Şundan söng, xabarlaş tizimiga muvofiq uşbu holat yuzasidan axborot berdi.
Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi epidemiolog-şifokori bemor jabrlangan hududda epidemiologik anamnez yiğdi. Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimlari tomonidan bemorga jabr keltirgan hayvon va uşbu hududda saqlanayotgan boşqa uy hayvonlari veterinar tekşiruvidan ötkazildi va 10 kunga nazoratga olindi. Şuningdek, bemorga jabr keltirgan hayvonda quturiş kasalligi taşxisini qöyilganidan söng, Obodonlaştiriş boşqarmasidan qarovsiz hayvonlarni tutiş brigadasi xodimlarining hayvonni uşlaşi va nazorat joyiga yetkazişi amalda körsatib berildi.
Sönggi bosqiçda öquv maşğulotining yakuni böyiça Kuyuk köpir ovul fuqarolar yiğini binosi majlislar zalida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda iştirokçilarning kamçiliklari körsatilib, kelgusida bunday kamçiliklarga yöl qöymaslik kerakligi tuşuntirildi hamda takliflar tinglanib, fikr-mulohaza almaşildi.
H.Matyakubov, tuman FVB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶