ISLOHOTLAR SAMARASI MIB TUMAN BÖLIMI FAOLIYaTI MISOLIDA
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etişda samarali natijalarga ega bölayotgan, zamonaviylaşgan davlat taşkiloti sifatida faoliyat körsatib kelmoqda. Bugungi kunda Byuroga yuklatilgan vazifalar doirasida qonun ustuvorligini taʼminlaş, fuqarolarning huquq hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qiliş borasida samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Majburiy ijro byurosining Amudaryo tumani bölimi tomonidan ham sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlari ijrosini taʼminlaş yuzasidan muayyan işlar bajarilib kelinmoqda. Byuroning tuman bölimida ayni paytda 9 nafar xodim, şundan 5 nafar davlat ijroçilari sudlar va boşqa vakolatli organlarning mulkiy va nomulkiy undiruvlar bilan boğliq qarorlari ijrosini sözsiz taʼminlab, vakolatli organlar tomonidan davlat foydasiga undirilişi belgilangan mablağlarni majburiy undirib borişga qaratilgan barça çora-tadbirlarni körib borişmoqda.
Sönggi davrlarda ijro sohasiga IT-texnologiyalari keng joriy etilayotgani natijasida, joylardagi kabi Byuroning tuman bölimida ham “MIB-Portal” dasturi hududdagi idora va taşkilotlarning axborot tizimlariga integratsiya qilindi. Davlat ijroçilarining ayrim ijro harakatlarini amalga oşiriş va qarorlarini qabul qiliş jarayoni avtomatlaştirildi. Endilikda ijro işlari böyiça qarzdorlarning mulklarini aniqlaş, taʼqiq qöyiş va qarzdorlik bartaraf etilganda bekor qiliş kabilar elektron tizim orqali davlat ijroçisining aralaşuvisiz olib borilmoqda.
Byuroning tuman bölimida joriy yilning birinçi oyiga qadar jami 141,7 mlrd. sömlik 20716 ta ijro hujjatlari qabul qilingan edi. Şundan 100,4 mlrd. sömlik 12939 ta ijro hujjatlari tamomlandi va tugatildi. Amalda 52,5 mlrd. sömlik 7542 ta ijro hujjatlari undirildi va hisobot oyi oxiriga 41,3 mlrd. sömlik 7777 ta ijro hujjatlari qoldiqda qoldi.
Davlat foydasiga undiruv böyiça, iş yurituviga jami 44,9 mlrd. sömlik 12404 ta ijro hujjatlari olinib, şundan, 27 mlrd. sömlik 6857 ta ijro hujjatlari tamomlandi. Amalda 21,9 mlrd. sömlik 4952 ta ijro hujjati undirildi va oy oxiriga 17,9 mlrd. sömlik 5547 ta ijro hujjati qoldiqda qoldi.
Soliq qarzdorligi ijrosi yuzasidan esa iş yurituviga jami 38,6 mlrd. sömlik 4291 ta ijro hujjatlari olinib, 23,5 mlrd. sömlik 2707 ta ijro hujjatlari tamomlandi. Amalda 19,1 mlrd. sömlik 1519 ta ijro hujjati undirildi. Oy oxiriga 15,1 mlrd. sömlik 1584 ta ijro hujjati qoldiqda qoldi.
Şuningdek, jinoiy va maʼmuriy jarimalarni undirilişi yuzasidan jami 2,6 mlrd. sömlik 2781 ta ijro hujjatlari iş yurituvga olingan bölsa, şundan 1,5 mlrd. sömlik 1249 ta hujjat tamomlandi. Amalda 1 mlrd. sömlik 1040 ta ijro hujjati undirildi va oy oxiriga 1,1 mlrd. sömlik 1532 ta hujjat qoldiqda qoldi.
Iqtisodiy va fuqarolik işlari böyiça sudlarning davlat bojlarini undiriş böyiça bölim iş yurituviga jami 2,7 mlrd. sömlik 5228 ta ijro hujjatlari olindi. Şundan, 1,4 mlrd. sömlik 2818 ta ijro hujjatlari tamomlandi. Amalda 1,1 mlrd. sömlik 2310 ta ijro hujjati undirildi va oy oxiriga 1,3 mlrd. sömlik 2410 ta ijro hujjati qoldiqda qoldi.
Aliment undiruvi bilan boğliq ijro xujjatlar ötgan yil qoldiği bilan iş yurituvga jami 1401 ta hujjat olingan bölib, şundan, 423 tasi tamomlandi va 43 tasi undirilib, oy oxiriga 978 ta ijro hujjati qoldiqda qoldi.
Ötgan davr mobaynida bölim iş yurituviga jami 354 ta murojaatlar kelib tuşgan bölsa, ulardan 342 tasi hal qilindi. Qolgan 112 tasi qanoatlantirilib, 230 tasi böyiça tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, 4 ta murojaat körmasdan qoldirildi. Bölim tomonidan qonunçilik tarğiboti böyiça joylarda muntazam ravişda tadbirlar ham ötkazilib borilmoqda.
Byuroning tuman bölimida asosiy eʼtibor davlat manfaatlarini közlab çiqarilgan majburiy undiruv bilan boğliq qarorlar ijrosini taʼminlaşga qaratib kelinmoqda. Davlatga yetkazilgan zararlarni, şu jumladan soliq qarzdorligini, davlat boji, maʼmuriy va jinoiy jarimalarni undiriş, jinoyatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar undiruvlari ham öz muddatida ijro etilişi taʼminlanmoqda.
Qadamboy Xolmurodov, MIB tuman bölimi davlat ijroçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶