28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:31
Siyosat 👁 308

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 58-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 58-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 24-fevral kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 58-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani tuman hokimi — Kengash raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Sessiyada deputatlar, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kotibligiga 3-Boyovul saylov okrugidan deputat Aybek
Begimov saylandi.

Deputatlar dastlab Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan 2022-yil davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sud raisi Qayrulla Atamuratovning axborotini tingladi.

Qayd etib oʻtilganidek, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan 2022-yil davomida 2788ta ish koʻrib tamomlangan. Tamomlangan ishlarning 2122tasi boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan boʻlib, shundan 1988ta ish boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirilgan va 134ta ish boʻyicha daʼvo arizalar rad etilgan. 666ta ish boʻyicha esa ajrimlar chiqarilgan boʻlib, 39ta holatda ish yuritishdan tugatilgan, 627ta ariza koʻrmasdan qoldirilgan.

Sessiyada Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham sud raisi Asqar Safarovning axboroti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, sud tomonidan jinoiy va maʼmuriy ishlarni sifatli koʻrib chiqish va aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2022-yil davomida jami koʻrib tamomlangan 124 ta jinoyat ishidan 28 tasi sayyor sud majlisida koʻrilgan.

Sessiya kun tartibida xatlov oʻtkazish orqali aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritish boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburovaning hisoboti tinglandi.

Hisobotda aytib oʻtilganidek, sektor rahbarlarining taklifiga koʻra, 4-bosqich “Ayollar daftari”ga jami 5 398 nafar xotin-qizlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Mazkur masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshligʻi Maryam Axmedova oʻzining taklif hamda fikrlarini bildirdi. Taʼkidlanganidek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik yordam koʻrsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilishi zarur. Bunda tegishli korxona-tashkilotlar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda ish olib borib, har oyda boʻsh ish oʻrinlarini eʼlon qilib borishi va bunda albatta ushbu ish oʻrinlariga “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar joylashtirilishi lozimligini taʼkidladi.

Sessiya ishida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

Axborotda keltirilishicha, hokim yordamchilari tomonidan 2023-yil uchun rejadagi 47 189ta xonadondan 31-yanvarga qadar 6 097ta xonadonlar xatlovdan oʻtkazilgan.

Sessiya davomida Ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish boʻlimining birinchi darajali inspektori Gʻayrat Iskandarovning Amudaryo tumanida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

 Keltirib oʻtilganidek, 2022-yil davomida ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida jami 200 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga 211,7 mln soʻm miqdorda jarimalar qoʻllanilgan.

Sessiya kun tartibida Amudaryo tumani maxalliy byudjeti mablagʻlarining 2022-yil davomida sarflanishi toʻgʻrisida tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, Amudaryo tumani mahalliy byudjetning 2022-yil davomida daromadlar qismi rejasi 81,5 mlrd soʻmga belgilangan boʻlib, xaqiqatda 85,2 mlrd soʻmga, yaʼni 104,6 foizga – rejaga nisbatan 3 mlrd 718,8 ming soʻmga ortigʻi bilan bajarilishiga erishilgan. Mahalliy byudjet va uning ortiqcha bajarilgan qismi mablagʻlari belgilangan tartiblarga asosan sarflangan.

Sessiya kun tartibida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi “Dehqon xoʻjaliklarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Palvanovning hisoboti tinglandi.

Keltirib oʻtilganidek, tuman hokimligining zaxira yer fondidan umumiy maydoni 483,5 gektar, shundan ekin maydonlarini 452,6 gektar boʻlgan yerlar e-auksion elektron savdo plaformasi orqali auktsionga qoʻyishga tayyorlangan. Deputatlar mazkur ekin maydonlarini ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqib, tasdiqladilar.

Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026