BOTULIZM: XAVFLI KASALLIK VA UNING OLDINI OLIŞ ÖZ QÖLIMIZDA
Botulizm deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida uçraydi. Botulizm qözğatuvçisi saprofit körinişida odam, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quşlar, qisqiçbaqalar, baliqlar organizmida yaşaydi. Tuproqqa tuşganda spora holida uzoq vaqt saqlanişi, lekin muayyan şaroitda ösişi va köpayişi mumkin.
Sporalarning oziq-ovqatga tuşişi, jiddiy xavf tuğdirmaydi, çunki sporalarda zahar bölmaydi. Köpinça uy şaroitida sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan tayyorlangan bankali tuzlamalar kislorodsiz şaroit hisoblanib, mikroblarning vegetativ şakllari hisoblangan toksin paydo böladi.
Botulizm uçun mavsumiylik xos bölib, kasallik köproq qiş, bahor oylariga va yozning boşlariga töğri keladi. Botulizm kasalligini davolaş hamda asoratlarining oldini olişning yagona yöli öz vaqtida şifokorga murojaat qilişdir.
Bemorni uy şaroitida özi bilgança davolaş oğir asoratlarga, hattoki ölimga olib kelişi mumkin. Botulizmga gumon bölganda bemorlar zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qilişi va şifoxonaga yotqizilişi şart.
Botulizm kasalligiga çalinmaslikning birdan-bir yöli – uy şaroitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi tuzlangan mahsulotlarni tayyorlamaslik kerak. Köça-köylarda sotiladigan tuzlamalarni xarid qilmaslik, ularni xarid qiliş jarayonida mahsulotning yorliğiga va işlab çiqaruvçi korxona nomi, işlab çiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida eʼtibor beriş lozim. Har qanday tuzlangan mahsulotni oçişdan oldin uni çayqamasdan, yaxşilab közdan keçiriş, qopqoği kötarilmaganligiga, suyuqligining tiniqligiga va mahsulotning ezilmaganligiga eʼtiborli böliş talab etiladi. Töy va aholi köp yiğiladigan tadbirlarda ham uy şaroitida tayyorlangan tuzlangan sabzavot mahsulotlarini dasturxonga tortmaslik kerak.
Kasallikning oldini oliş öz qölimizda, yuqorida körsatib ötilgan noxuş holatlar kelib çiqişining oldini oliş va oila aʼzolarimizning, farzandlarimizning soğligini saqlaş uçun uy şaroitida tuzlangan mahsulotlarni tayyorlamaslik va isteʼmol qilmaslikni tavsiya qilamiz.
Munavvar KAŞKAROVA,
tuman SEO va JSB oliy toifali şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶