28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:06
Fan va taʼlim 👁 188

“Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaraklarida shugʻullanayotgan bolalar hoji onaxonlar bilan uchrashdilar

“Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaraklarida shugʻullanayotgan bolalar hoji onaxonlar bilan uchrashdilar

Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tashkil qilinib, “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida maktabda tashkil etilgan toʻgaraklar aʼzolari oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha alohida iqtidor va qobiliyatlarini amalda namoyon etishib, tuman, Respublika, hatto Oʻzbekiston miqyosidagi turli koʻrik-tanlovlarda faol ishtirok etishib, sovrindor boʻldilar.

Bugungi kunda maktabda 7 ta yoʻnalish – “Madaniyat va sanʼat”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati”, “Turizm va ekologiya” hamda “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishlarida 67 ta toʻgarak maqjud boʻlib, ushbu toʻgaraklarga 1668 nafar oʻquvchi qamrab olingan.

Toʻgaraklar faoliyatini jonlantirish, eng faol, oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan toʻgarak rahbarlarining tajribalarini ommalashtirish, yutuqlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida jamoat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik tizimli shakllantirilib, toʻgaraklarning faol, iqtidorli oʻquvchilari safi oshib bormoqda.

Maktab 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab turli tashkilotlar bilan memorandumlar imzolab, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda tumandagi tashkilotlar bilan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Tuzilgan hamkorlik memorandumlari doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri 25-fevral kuni oʻtkazildi. “Keksalar oʻgiti – hayot maktabi” mavzusidagi ushbu tadbirda Gulasal va Oʻgʻiljon xoji momolar mehmon boʻlishdi. Shu kuni tuman “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash” boʻlimi bilan imzolangan memorandum doirasida hoji onaxonlar ishtirokida “Barkamol avlod” bolalar maktabi hududida “Barkamol avlod bogʻi” ham barpo etildi. Bogʻga turli xil manzarali va mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Barpo etilgan “Barkamol avlod bogʻi”ga koʻchat ekish tadbirida Gulasal va Oʻgʻiljon hoji onalar oʻquvchi-yoshlarga daraxt ekish, parvarishlash, bogʻ yaratishning xosiyatlari xususida qimmatli masalahatlar va tavsiyalar berdilar.

Tadbir davomida Toʻqish toʻgaragi aʼzolari orasida toʻqish boʻyicha koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi. Unda 21 nafar oʻquvchi-qizlar ishtirok etishdi. Koʻrik-tanlovda mehmon onaxonlar - Gulasal va Oʻgʻiljon hoji momolar ham qatnashdilar va toʻgarak aʼzolari tomonidan toʻqilgan turli xil biri-biridan bejirim kiyim-kechaklar, yumshoq oʻyinchoqlarni koʻrib, oʻquvchi-qizlarning epliligidan mamnun boʻldilar.

Tadbir davomida nuroniy hoji onaxonlar “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Shoʻx bolalar” havaskorlik jamoasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturini tomosha qildilar. Ona Vatan, Ayol, baxt va bahorni, doʻstlik va tinchlikni madh etuvchi joʻshqin navolar, shoʻx raqslar barchaga manzur boʻldi.

Robiy YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026