YaNGI ÖQUV-QÖLLANMALAR TAQDIMOTI ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevralda qabul qilgan “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori aholiga madaniy dam oliş xizmatlarini körsatiş darajasini oşiriş, respublikaning barça hududlarida teatr, tsirk va boşqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert tomoşa tadbirlarini tizimli ravişda yölga qöyiş, madaniyat va sanʼat sohasidagi isteʼdodli yoş ijodkorlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş, taʼlim muassasalarini milliy çolğular, musiqa darsliklari, notalar töplamlari va öquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlanişini yaxşilaşda muhim asos bölib xizmat qilmoqda.
Qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham öquv maşğulotlari samaradorligi oşişiga zamin yaratmoqda.
Şu yilning 1-mart kuni mazkur muassasada yana bir quvonçli voqea böldi. Yuqorida qayd etilgan qarorga asosan Özbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan maktabga 400 donadan ortiq yangi öquv qöllanmalar berildi. Bu öquv qöllanmalari foydalanişdagi avvalgi öquv qöllanmalaridan afzallik jihatlari bilan eʼtiborga sazovordir. Yaʼni uşbu öquv qöllanmadan har bir kuy va qöşiqni öquvçi öqibgina qolmay, kitobda körsatilgan ştrix kod orqali tinglaşi ham mumkin. Bu öquvçilarning berilgan kuy va qöşiqlarni yaxşi özlaştirişlariga imkon beradi va ayni paytda öqituvçi mehnatini ham yengillaştiradi, darslar samaradorligiga ijobiy taʼsir körsatadi.
Şu boisdan ham yangi kitoblarning maktabga taqdim etilişi öqituvçilar uçun ham, öquvçilar uçun ham quvonarli voqea böldi. Maktab direktori Yöldoşboy Abdalov barçani yangi öquv qöllanmalari bilan qutladi va yoş avlodga sanʼat sirlarini qunt bilan örgatayotning ustoz-murabbiylar faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Direktor örinbosari Nigora Usmonova öquv-qöllanmalarni kutubxonaçi Şahnoza Yöldoşevaga topşirar ekan, ularning muassasada taʼlim olayotgan öquvçilarning musiqiy bilim va könikmalarini oşirişda, ularning qalbida milliy sanʼatimizni örganişga bölgan intiliş va iştiyoqni oşirişga zamin bölişini taʼkidladi.
Maʼlumot uçun: uşbu muassasada bugungi kunda 262 nafar öquvçilar musiqa va sanʼat yönalişida 12 ta yönalişida taʼlim olişadi. Ularga 41 nafar malakali pedagoglar saboq berişayapti.
Şunisi eʼtiborliki, mazkur maktab öquvçilari respublikadagi musiqa va sanʼat maktablari öquvçilari orasida ötkazilayotgan turli körik-tanlovlarda nufuzli örinlarni egallab kelişmoqda.
Yangi öquv-qöllanmalar öquvçilarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirişda, estetik didi va dunyoqaraşini kengaytirişga, sanʼatga bölgan hurmatini oşirişga xizmat qilişi şubhasiz. Tumanimiz musiqa va sanʼati ğunçalari tarbiyalanayotgan maskanda kelgusida ham yuqorida qayd etilgan qaror muvofiq hali köpgina ijobiy özgarişlarga erişiladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶