YoŞLAR - SOĞLOM TURMUŞ TARZI TARAFDORI
Şarofiddin BOLTABOYeV, dzyu-do kuraşi böyiça Özbekiston
çempioni, Özbekiston terma jamoasi aʼzosi: - Men özimça mustaqil ravişda sport
bilan şuğullana boşlaganimda beş yoşda edim. Esimda: Özbekiston
teleradiokanalining sport telekanali orqali beriladigan körsatuvlarning
barçasini qoldirmasdan tomoşa qilardim. Ayniqsa, dzyu-do kuraşi musobaqalari
jon-u dilim edi. Tuman içki işlar bölimida xizmat qiluvçi dadam Pölat Rahimov
mening qiziqişlarimni qöllab-quvvatlagan birinçi maʼnaviy ustozim böldi.
2-sonli BÖSM da ilk maşğulotlarni sportdagi ustozim Alişer aka Rahimov
rahbarligida boşladim. Alişer aka menga dzyu-do kuraşining sir-asrorlarini
erinmay örgatdilar. Köplab musobaqalarda ğolib bölişim uçun men bilan
bab-baravar mehnat qildilar. Prezidentimiz
I.A.Karimov rahbarligida mamlakatimizda bolalar sportigajiddiy eʼtibor
qaratilayotganida juda katta maʼno bor. Çunki, sport -
insonni nafaqat jismonan, balki ham maʼnan, ham aqlan çiniqtiradi. Buni
men öz
tajribamdan bilaman. Böy-bastim, suyak muskullarimning rivojlanişi sport
bilan
şuğullanmaydigan tengdoşlarimnikidan tamoman farq qilişini özim his
etaman.
Hatto sport insonga öz orzu-maqsadlari sari dadil intilişni, öziga
nisbatan
talabçan, qatʼiyatli bölişni örgatadi. Agar eʼtibor bergan bölsangiz,
sportçilarda ajoyib bir xislat bor. Bu–oldinga, faqat oldinga intiliş,
vatanparvarlik tuyğusi. Men köplab xalqaro musobaqalarda iştirok etib, özimning sport bilan
hamnafas hayotimdan faxrlanganman. Bu–milliy ğurur tuyğusi. Ğolib sportçining şarafiga Özbekiston bayroği
kötarilib, davlat madhiyasi yangragan lahzalarda şunday uluğ yurt–Özbekiston
farzandi ekanimdan quvonib ketaman. Sport–mening hayotim mazmuni, kafolatli mustahkam soğligim garovi, menga el
içra hurmat, obrö, eʼtibor keltirgan şarafli maşğulot. Men barça
tengdoşlarimning sport bilan oşno bölişlarini juda-juda istayman.
Hamida RAJABOVA, 1-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabining stol tennisi böyiça murabbiyi:
- Tumanimizdagi 1-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabida sportning stol tennisi turi böyiça şuğullanuvçi bolalar köpçilikni taşkil etadi. Köpçilik: "stol tennisi juda oddiy sport turi-ku”, deb öylaşadi.
Men şunday fikrlovçilarga: "avvalo bu sport bilan bir şuğullanib köring, xulosa qilişga şoşilmang,”–degim keladi. Çunki, stol tennisi eng avvalo gözallik, aniq va sezgir, epçil harakatlar sporti. Bu sport turi insonning irodasini çarxlaydi, seziş qobiliyatini yaxşilaydi, teran fikrlaşga örgatadi.
Muhtaram Prezidentimiz sportning uşbu turiga mustaqillikning ilk yillaridanoq alohida eʼtibor qaratganlari ham bejiz emas. Çunki dunyoga maşhur tennisçilarning barçasi katta tennis sari ilk qadamni stol tennisi musoboqalaridan boşlaşgan.
Insonda sezgirlik, xuşyorlik, epçillik sifatlari bir-biriga uyğun tarzda şakllanişda stol tennisining ahamiyati juda katta. Bundan taşqari, qon aylaniş tizimida nuqsoni bor kişilar, köriş qobiliyati pasaygan insonlar tennis sporti bilan şuğullansalar, albatta, kasalliklardan foriğ böladilar. Aniq maqsad sari intiliş hissini uyğotişda tennis sportiga teng keladigani yöq. Hatto zamonaviy tibbiyot mutaxassislari ham irodasi sust bemorlarga tennis yoki şaxmat öynaşni tavsiya qilişadi.
Mening şogirdlarim juda köp. Ulardan Faxriddin Rajabov, Mohira Imomqulova, Şavkat Matyoqubovlarni bugungi kunda tumanimizdan taşqarida ham yaxşi bilişadi. Ular bir neça marta Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan ösmirlar örtasidagi musobaqalarning sovrindorlari bölişgan. Ana şu bolalarning sport maktabimizga ilk qadam qöygan kundagi holati köz oldimdan ketmaydi: tortinçoq, uyatçan bolalar edilar. Bugun ular bilan bir suhbat qurib köring, aslo zerikmaysiz. Ularning fikrlari teran, irodasi kuçli, özlarining oldiga qöygan aniq maqsadlari bor. Eng muhimi, har jihatdan soğlom, qaddi-qomatlari körkam.
Demak, sport – bolani ham çiniqtiradi, aqlan va jismonan şakllantiradi. Bolaning bunday rivojlanişi–mustahkam soğlikdan dalolat. Bunday bola maktabda fanlarni yaxşi özlaştiradi, ezgu orzular oğuşida yaşaydi. Bola dilida orzu uyğonsa, öziga nisbatan işonç hissituğiladi. Öziga işonç tuyğusi bilan u öz kelajagini yaratişga qodir inson sifatida şakllanadi.
Stol tennisi, umuman olganda sportning barça turlari insonning har tomonlama kamolotga yetişuvida muhim omil – soğlom turmuş tarzining eng maqbul mezonidir.
Soğlom turmuş tarzi – bu faol mehnat, kuçli jismoniy va ruhiy holat, öta xavfli va zararli taʼsir körsatuvçi omillarni yenga oladigan, yetuklikka intiluvçan şaxsning şakllaniş jarayoni bölib, uning asosiy yönalişlari quyidagilardan iborat:
- töğri va ratsional ovqatlaniş;
- harakatli turmuş va badantarbiya;
- kun va iş tartibini biologik qonuniyatlar asosida taşkil qiliş;
- jinsiy tarbiya, soğlom oila;
- ruhiy osoyiştalikni taʼminlaş;
- zararli odatlardan voz keçiş;
- şaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qiliş;
- baxtsiz hodisa va jarohatlardan ehtiyotkorlik;
- soğlom turmuş tarzi haqida bilim va malakaga ega böliş.
Aziz yoşlar! Keling, Siz ham soğlom turmuş tarzini tanlang!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶