Qişloq xöjaligi sohasini yanada rivojlantiriş böyiça körgazmali seminar bölib ötdi
5-mart kuni Amudaryo tumanining Nazarxan ovulida qişloq xöjaligi sohasini yanada rivojlantiriş, sohadagi mavjud muammolar va kamçiliklarni bartaraf etişga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov, respublikadagi barça tuman hokimlari, sektorlar rahbarlari, qişloq xöjaligi masalalari böyiça hokim örinbosarlari, klaster rahbarlari, fermerlar, dehqonlar va tomorqa yer egalari iştirok etişdi.
Seminarga taşrif buyurgan mehmonlar musiqa sadolari ostida non-tuz bilan kutib olindi. Şuningdek, bahorni madh etuvçi gözal raqslar ijro etilib, milliy öyinlarimiz namoyiş etildi. Bundan taşqari, mirişkor dehqonlarimiz tomonidan yetiştirilgan oziq-ovqat mahsulotlari, qişloq xöjaligi texnikalari namoyiş etildi.
Seminar avvalida Vazirlar Kengaşi raisi Farhod Ermanov çigit ekişda eʼtibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar, texnikalardan samarali va kamxarj usullarda foydalaniş böyiça maslahatlar berib ötdi.
Şundan söng, Nazarxon ovuli hududida barpo etilgan katta boğda “BENE FRUITS” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Aydin Lal mehmonlarga mevali daraxtlarni parvariş qiliş, intensiv boğlarning afzalligi, bunday turdagi boğlarni yanada köpaytiriş böyiça özining tavsiya va tuşuntirişlarini berdi hamda mevali daraxtlarni payvandlaş usullari bilan batafsil taniştirib ötdi. Söngra iştirokçilar boğ hududiga ezgu niyatlar bilan mevali köçatlar ötqazişdi.
Seminarda qişloq xöjaligi sohasini yanada rivojlantiriş, intensiv boğlarni yanada köpaytiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş böyiça iştirokçilar bilan savol-javoblar bölib ötdi.
“BENE FRUITS” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Aydin Lal taʼkidlab ötganidek, intensiv boğlarda daraxtlarning tanasi kiçik bölganligi uçun ular bilan işlaş juda qulay. Yaʼni, ularni suğoriş, kesiş, şakl beriş, mevalarini teriş boğbonga aslo qiyinçilik tuğdirmaydi. Yana bunday boğlarda daraxt tanasiga yoruğlik tuşişi, havo aylanişi yaxşi bölganligi uçun mevasining sifati ham yuqori böladi. Undan taşqari, oddiy olmali boğning bir gektaridan 10-20 tonnagaça hosil yetiştiriş mumkin. Pakana va yarim pakana daraxtlardan esa 50-80 tonnagaça hosil olsa böladi.
Intensiv boğlarda asosan olma köçatlari ekilişining boisi – olma daraxtining köçatlari tez hosilga kiradi, gektariga köçat soni qalin ekilişi sababli hosildorlik yuqori böladi. Bunda ekilayotgan olma navlari payvandtagga payvand qilinib, köçatzorlarda köpaytirilib, ekiladi.
Seminarda joriy yilgi çigit ekiş işlarini qisqa muddatlarda va sifatli tarzda uyuşqoqlik bilan ötkaziş borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Qolaversa, çigit ekilgan maydonlar atrofiga oşqovoq, tarvuz, qovun, şuningdek tok, tut köçatlari va boşqa mevali daraxt köçatlarini ekiş lozimligi taʼkidlab ötildi.
Seminar davomida paxta-töqimaçilik klasterlari rahbarlari, fermer va dehqonlar, tomorqa yer egalari mutaxassislarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, tegişliça javoblar olişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶