67-sonli maktabda “Balli qizlar!” körik-tanlovi ötkazildi
Qiz bola nafaqat oilaning, balki elning ham körki. Oilada qiz farzand dunyoga kelsa, şu boisdan ham odobli, aqlli, iymonli, tadbirli qilib voyaga yetkazişga harakat qilinadi. Xalqimizda qiz bolani eʼzozlaş, uni kelgusi hayotga munosib tayyorlaş uçun pazanda, orasta qilib tarbiyalaşga alohida eʼtibor beriladi. Zero, qiz bor xonadon fayzi bölakça böladi.
Asrlar oşa yaşab kelayotgan buningdek milliy urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizni yoş avlod qalbiga singdirişda, ularga hurmat ruhida tarbiyalaşda umumiy örta taʼlim muassasalarining ham munosib örni bor.
6-mart kuni Amudaryo tumanidagi 67-sonli maktabda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ötkazilgan “Balli, qizlar!” deb nomlangan tanlovda ham yuqori sinflar öquvçi-qizlarining bilimdonligi, pazandaligi, çaqqonligi sinovdan ötkazildi. Iştirokçi qizlar bellaşuvini maktabning tajribali muallimalari ziyraklik bilan kuzatib, odilona baholab bordilar.
Bellaşuvda Nilufar Jumamurodova Marhabo Yöldoşeva, Maftuna Hayitboyeva, Maşhura Murodboyevalar milliy liboslarda sahnaga çiqib, özlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdilar. Goh şeʼriy misralar, goh taʼsirli sözlar orqali oilasi, özi, qiziqişlari va kelajakdagi orzulari haqidagi maʼlumotlarni qiziqarli va ixçam tarzda bayon etgan qizlar ikkinçi şartda pazandaligi böyiça sinovdan ötkazildi. Bunda ularga yurtimiz zaminida yetiştirilgan turli sabzavotlar, kökatlardan bahoriy salat tayyorlaş topşirildi. Qizlar biri-biridan xuştaʼm, mazali salatlar tayyorlaşga intildilar. Ular uçinçi şartda bilimdonlik sinovidan ötdilar, savollarga tezkor javob beriş ham ularga qiyinçilik tuğdirmadi.
Navbatdagi bosqiçda iştirokçi qizlarning tafakkuri sinaldi, deyiş mumkin. Ulardan boşlovçi boşini aytgan maqolning davomini aytişlari söraldi. Tomoşabinlar zukko qizlarning xalq oğzaki ijodining ajralmas qismi bölgan maqollarni aytişlarini qarsaklar bilan olqişlab turdilar. Bahru bayt aytişuvida esa iştirokçilarning şeʼriyatga qançalar qiziqişlari ayon böldi.
Öquvçi-qizlarning qiziqişlari böyiça erkin mavzuga navbat berilganda davrada şeʼr, qöşiq, raqslar ijro etildi.
Iştirokçi qizlarning iqtidori 4 ta nominatsiya böyiça baholandi va rağbatlantirildi.
Öquvçi-qizlarni uşbu bellaşuvga maktabning tajribali öqituvçisi Zulayho Bobojonova tayyorladi.
Şuni eʼtirof etiş kerakki, taʼlim muassasalarida bunday bellaşuvlarning ötkazib turilişi öquvçilarni öz ustida işlaşiga, izlanişiga rağbatlantiradi, dunyoqaraşini kengaytiradi. Şu maʼnoda olib qarasak, mazkur tadbir ham juda ahamiyatli böldi, deyiş mumkin.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶