28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:56
Fan va taʼlim 👁 159

38-sonli maktabda “Onajonlar bayrami” deb nomlangan madaniy tadbir oʻtkazildi

38-sonli maktabda “Onajonlar bayrami” deb nomlangan madaniy tadbir oʻtkazildi

Chaqaloqlarning tili “Ona” soʻzi bilan chiqishi hech kimga sir emas. Bu avval homilani jismida, soʻng qoʻlida koʻtarib, oyoqqa qoʻygunicha ne bir zahmatlarga ham  chidab, hech ogʻrinmay farzand tarbiyalaydigan buyuk zot – onalarning fidoyiligi uchunmikan? Ona nainki bolasi oʻzini tutib, yurib ketgunicha, balki, to umrining oxirigacha oilam, bolam deb yashaydi, farzandlari mehri, kamolidan kuch olib yashaydi.

Ana shunday sabri cheksiz, mehri ummon ayollarni eʼzozlash, hurmatini joyiga qoʻyish yurtimizda boqiy qadriyatlardan hisoblanadi.

Umumiy oʻrta taʼlim maskanlarida yosh avlodga ilm bilan birga yuksak tarbiya berish, ayol-qizlarga, ona yurtga muhabbat, doʻst-birodarlik tuygʻularini shakllantirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Amudaryo tumanidagi kimyo-biologiya fanlarini chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilgan 38-sonli maktabning 1-“v” sinfi oʻquvchilari ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Onajonlar bayrami” deb nomlangan madaniy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir uchun maktab faollar zali bayramona bezatildi va ayol-qizlarni, onalarni sharaflovchi ulugʻ mutafakkirlarimizning ibratli soʻzlari yozilgan plakatlar osildi. Oʻquvchilar chizgan rasmlar ham qoʻyildi.

Tadbirni maktab direktori Bahrom Boltaboyev ochdi va barcha oʻqituvchini, oʻquvchi ayol-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qizgʻin qutladi. Jamiyatimizda, oilalarda ayol-qizlarning tutgan oʻrniga yuksak baho berdi va bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan madaniy-musiqiy kechani tomosha qilishga chaqirdi.

Tadbirga tashrif buyurgan oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari  sahnaga 1-“v” sinf oʻquvchilarining “Onajonimsiz” qoʻshigʻiga raqsi boshlanishini qarsaklar bilan olqishladilar. Ona, ayol, ona Vatan, farzandlik burchi ulugʻlangan sheʼrlarni ijro etayotgan jajji  oʻgʻil-qizlar maktabga qadam qoʻyganidan beri qay darajada savodxon boʻlganligini ham sahnada namoyish etdilar.

Mazkur sinf rahbari Muhabbat Allaberganova koʻmagida sheʼr yodlash va ifodali oʻqish koʻnikmalarini egallagan bolajonlarning oʻqigan sheʼrlari “Buvijon”, “Koʻylagim”, “Yulduzchalar” qoʻshiqlari, raqslar ham barchaga manzur boʻldi. Shunisi eʼtiborliki, hozirgi kunda mamlakatimiz taʼlim tizimida oʻquvchilarga xorijiy tillarni oʻrgatish ilk sinfdan boshlanishi oʻquvchilarning mazkur tillarni erta oʻzlashtirishlariga zamin boʻlayotir.

Tadbirda jajji oʻquvchilar rus tilida sheʼrlar aytib, qoʻshiqlarga raqsga tushganlarida bu yaqqol oʻz ifodasini topganday boʻldi.

Tadbir oxirida butun sinf oʻquvchilari “Onajon, yonimda boʻlsangiz bas” nomli qoʻshiqni joʻrovoz boʻlib ijro etish barobarida har biri oʻz onalariga gul sovgʻa qilishgani barchani toʻlqinlantirdi. Oʻquvchilar onalari quvonchdan koʻzlari porlab, sinf rahbari Muhabbat Allaberganovaga  rahmatlar aytdilar.

Aslida onaning farzandlarni avaylab parvarishlab voyaga yetkazgunicha chekadigan mashaqqatlarining, mehrining qiyosi yoʻq. Ular doimo eʼzozda, ehtiromda yashashga loyiqdir. “Onajonlar bayrami” tadbiri shu maqsadga xizmat qildi desak, adashmagan boʻlamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026