28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:13
Madaniyat 👁 251

YoSh IJROChILAR OʻRTASIDA ShUKURULLA GULMANOV XOTIRASIGA BAGʻIShLAB “SANʼATIM – SAODATIMDIR” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI

YoSh IJROChILAR OʻRTASIDA ShUKURULLA GULMANOV XOTIRASIGA BAGʻIShLAB “SANʼATIM – SAODATIMDIR” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarning isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etishlari uchun koʻmaklashish, ularning ijrochilik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish, oʻzbek xalqining boy sanʼati va qardosh xalqlar kuylaridan bahramand boʻlishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, oʻzbek musiqa sanʼati madaniyatini yuksak darajaga koʻtarish, milliy sanʼatimizni dunyo sahnalariga olib chiqish hamda iqtidorli yoshlarni kashf etish va ijodini targʻib qilish maqsadida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Shukurulla Gulmonov xotirasiga bagʻishlab “Sanʼatim - saodatimdir” deb nomlangan koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi.

Unda 9- va 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablarining 16 yoshga toʻlmagan oʻquvchilari ishtirok etishib, oʻz qobiliyatlarini amalda namoyon etdilar.

Tanlov A, B, V guruhlarda, xalq cholgʻulari, anʼanaviy cholgʻular, anʼanaviy xonandalik va baxshichilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazildi.

Koʻrik-tanlovni 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yoʻldosh Abdalov ochdi va Shukurulla Gulmonovning hayoti va faoliyati haqida qisqacha toʻxtalib, koʻrik-tanlov ishtirokchilariga omad tiladi. Shundan soʻng, Shukurulla Gulmanovning farzandi Ibodulla Gulmonov otasi haqidagi xotiralari haqida soʻzlab berdi.

Gulmanov Shukurulla Gulmanovich 1948-yil 16-fevralda Amudaryo tumanining Mangʻit shahrida tugʻilgan. 1965-yilda hozirgi 16-sonli umumtaʼlim maktabini tugatgan. Oʻsha yili Nukus Davlat pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim va musiqa fakultetiga oʻqishga qabul qilingan, ammo qashqar rubobi cholgʻusiga qiziqishi ustun kelib, 1968-yilda Xorazm viloyatidagi Matyusuf Xarratov nomidagi musiqa va sanʼat bilim yurtiga qashqar rubob mutaxassisligi boʻyicha sirtqi taʼlim yoʻnalishida oʻqishni davom ettirgan.

Ilk mehnat faoliyatini 1969-yilda Amudaryo tumanidagi Hamza nomli 7 yillik bolalar musiqa maktabida qashqar rubob sinfi oʻqituvchisi, keyinchalik oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlab davom ettirgan.

Doimiy oʻqish va izlanishdan toʻxtamagan Sh.Gulmonov 1974-yilda Toshkent Davlat Madaniyat institutiga sirqi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirib, 1979-yilda institutni muvaffaqiyatli tugatgan.

Haqiqiy sanʼat fidoyisi, koʻplab amudaryolik sanʼatkorlarning ustozi Shukrulla Gulmonov 1997-yilda Hamza nomidagi 7 yillik bolalar musiqa maktabi direktori lavozimiga tayinlanib, 2005-yilgacha faoliyat olib borgan. U ogʻir xastalik tufayli 2005-yil 22-avgustda vafot etgan.

Shukurulla Gulmanov oʻz mehnat faoliyati davomida yetuk pedagog hamda cholgʻu orkestri rahbari sifatida oʻquvchilari bilan har yili sanʼat yoʻnalishida oʻtkaziladigan koʻplab respublika koʻrik-tanlovlarida faxrli oʻrinlarni egallagan.

Oʻqituvchilik faoliyatidan tashqari, muvaffaqiyatli ijod qilib, bir necha kuylar bastalagan, sheʼrlar yozgan. U “Tanovar” kuyini oʻziga xos uslubda bastalab, shogirdlariga oʻrgatgan. Shukrulla Gulmanov qalamiga mansub “Ona yurt omon boʻlsin” qoʻshigʻi hozirgi kunda ham bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari tomonidan ijro qilinib kelmoqda.

Bugungi kunda Gulmanovlarning 4 ta avlodga mansub sulola vakillaridan surnaychi Gulman Hasanovning farzandi boʻlgan Shukurulla Gulmanovning farzandlaridan Ibodulla, Xayrulla, Sayfulla Gulmanovlar, marhuma qizi Nargiza va ularning farzandlari Sanʼat, Gulnoza, Xursand, Begdulla, Javohir, Mubinalar hamda kelini Nigora Usmonovalar sanʼat sohasida oʻqib, faoliyat yuritishmoqda.

Xushovoz xonanda, taniqli sanʼatkor Anvar Xudoyberganov raisligidagi hakamlar hayʼati aʼzolari 13 ta yoʻnalish boʻyicha gʻoliblik uchun oʻz sanʼatlarini namoyish etgan, Shukurulla Gulmanovning izdoshlari tomonidan ijro etilgan kuylarning mazmun-mohiyati, koʻrik-tanlov ishtirokchilarining ijrochilik mahoratini sinchkovlik bilan kuzatib, har bir ijrochining musiqa sanʼati boʻyicha bilimini munosib baholab bordilar. Koʻrik-tanlovda cholgʻu turi boʻyicha chang, prima rubob, qashqar rubob, afgʻon rubob, dutor bas, gʻijjak, chang, ud, doira, tanbur yoʻnalishlari boʻyicha mahoratli ijrochilar tanlanib, gʻoliblar koʻrik-tanlov tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlov Shukurulla Gulmanov xotirasiga va uning ijod yoʻliga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan tashqari, yosh ijrochilar qalbida intellektual mulkka daxldorlik tuygʻusini uygʻotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026