12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:54
Adabiyot 👁 477

Misralarda ayol madhi

Misralarda ayol madhi

Bayramingiz bölsin muborak!

Sizlar bilan munavvar olam,

Sizlar sabab bitdim bu nomam.

Aytilajak dildagi istak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

        

Diyorimning oy-yulduzlari,

Sadoqatda yoruğ yuzlari.

Siz-ku bizning tanlardan bölak –Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

 

Siz bekasiz, mehribon ona,

Opa-singil, yor-döst, qaynona.

Biz ham sizga tirgakmiz, kerak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

 

Yuzingizdan yoğilar nurlar,

Yölingizga poyondoz gullar.

Sizlarni deb talpinar yurak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

 

Öqiş, işda horib-çarçamang,

Biz tomonga jilmayib qarang.

Xonadonda tengi yöq malak –

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

 

Eng çiroyli guldasta siz-çun,

Fayzga töla dasturxon siz-çun.

Tayyorlanar turfa xil yemak,

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

 

Sizlar borsiz, davomli avlod,

Omon böling, doim yuring şod.

Indallosi sözimning, demak,

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

 

Doim guldek oçilib yuring,

Bugun bayram, siz öynab-kuling.

Çin qalbimdan bildirdim tilak.

Tumanimiz ayol-qizlari,

Bayramingiz bölsin muborak!

Bekbergan TLEUMURATOV,

Qipçoq ovuli.

 

Onajon

Turardi yuzing mudom kulimsirab,

Yaxşiliging tugatolmayman sanab.

Aytar eding: "yaxşi yeb-iç va kiygin", deb,

Diydoring soğinaman, yöling qarab.

 

Mehrli nur soçar edi közlaring,

Yaşnab turar edi mudom yuzlaring,

"Haqin yema", deb örgatding özganing,

Yodimda onajon, aytgan sözlaring.

 

"Keldingmi çiroğim, aylanay", degan,

Çiqmaydi yodimdan mehrli sözing.

Seni qömsab yoşlar tökar közim,

Eng aziz insonim eding-ku, özing.

 

Oq sutingga töyib, mehrim qongan,

Bağringning tafti quyoşday yongan.

Sensiz uçganimda qanotim tolgan,

Onajon, bu dunyo ekan-ku yolğon.

 

Şamollardan asrading polapon kabi,

Meni odam qilgan sen özing asli.

Biroq erta uzildi taqdirning ipi,

Armonlar qaʼrida qoldim, onajon.

 

Seni eslaganda yozaman qöşiq,

Baʼzida özimça ketaman tölib.

Sen borda yölimda bölmagan tösiq,

Ğamxörim, himoyaçim eding onajon.

 

Nurga tölgay qabring iloyim,

Mağfiratin ayamagay Xudoyim.

Duo qilib sörayman doim,

Joying bölsin jannatlarda onajon.

Angsatbay Qarajanov.

Qoraqalpoq tilidan

Oygul Rajabova tarjimasi.

 

Poyingizga boş qöyay

Onajon, poyingizga boşimni qöyay,

Dard çeksangiz malhamlar bölay,

Könglingiz ne istar, ayting onajon,

Barçasin şu zahot muhayyo qilay.

 

Kasal bölsam, boşimni silab,

Xudodan hamişa umrimni tilab,

Uzun tunlar Allohga iltijo bilan,

Tonglarga yetdingiz şifolar sörab.

 

Qaniydi, yaratmoq qölimdan kelsa,

Sizning sabringizga qöyardim haykal.

Musavvirlik qilmoq qölimdan kelsa,

Siyratingiz çizardim asl, besayqal.

 

Bundayin zör sanʼat menga xos emas,

Ammo madhingizga şeʼrlar bitaman.

Onajon, Siz bergan oq sutni oqlab,

Siz uçun jonimni fido etaman!

Mansurbek OLLOMBERGANOV,

Islom Karimov nomidagi

TDTU talabasi.

 

Minnatdorman

Minnatdorman men Sizdan,

Bir umrga onajon!

Nur yoğar çehrangizdan,

Onajonim, onajon!

Deyman, sizni şod körsam,

Böyingizdan örgilsam.

Ardoqlab, hurmat qilsam,

Onajonim, onajon!

Sizning yöq qiyosingiz,

Doim kengdir köksingiz.

Uzoq ketsak qömsaymiz,

Onajonim, onajon!

Soğ böling, deb ilohim,

Avaylaymiz har doim.

Çehrangizdir muloyim,

Onajonim, onajon!

Xudoybergan Jumamurodov.

 

Ayol – farişta

Şabnam yuvgan göyo gözal yuzlaring,

Bölsam deyman, kipriklari közlaring.

Sen jumboqsan yeçolmagan yuragim,

Kelar har kun suratingga qaragim.

 

Qalbimda bahorlar şamoli yelar,

Bilmadim, könglingda borligin nelar?

Sendan izlaganim dunyolar emas,

Bir bora kulib qöy, menga yetar, bas.

 

Tonglar otmas, öylab visoling şirin,

Bu gözal nigohda nelar yaşirin?

Öylayverib, daydi öylarim halak,

Farişta senmisan yoki bir malak?

Rasulbek MATNIYoZOV,

20-maktab öqituvçisi.

 

Duogöyim

Dunyoga keltirgan, jonday asragan,

Hattoki şamoldan himoya qilib.

Yoz-u qiş, yomğirda soyabon bölgan,

Mening baxtim uçun fidolar bölib.

 

Omadim ketganda  hatto qölimdan,

Qiyinçilik çiqsa agar yölimdan.

Onamning duosi saqlaydi meni,

Asraydi doimo makr-u zulmdan.

Dilnura Qurbonboyeva,

34-maktab öquvçisi.

 

Onamga

Ona, siz öxşaysiz bolaligimga,

Beğubor yangragan kulgularimga.

Siz bosgan izlarga öxşar qadamim,

Men öşa farzandman, sizning qizingiz.

 

Vaqt ötmoqdadir, daryolardan tez,

Ikki qiz, bir öğil ulğaytirdingiz.

Ona deb, orqangizdan çopgan qizingiz,

Endi bolasiga aytar allangiz.

 

Mehnatdan egilgan qaddingiz biroz,

Yoşlik ham ötibdi qilmay eʼtiroz.

Soçlaringizga oq oralabdi,

Men sizni qaritdim, lek yillar emas.

Mohinur Turebayeva,

32-maktab öqituvçisi.

 

Aşʼor bitaman

Onamni qançalar maqtasam-da oz,

Ularni çin dildan qilaman eʼzoz.

Yuragim siz tomon talpingan sari,

Oppoq qoğoz uzra şeʼr qilar parvoz.

 

Bilaman, şeʼrlarim sizga yoqadi,

Qalbingiz törini oşyon etadi.

Könglingiz tölmasa, ayting onajon,

Aziza qizingiz aşʼor bitadi.

 

Tun-u kun Allohdan iltijo qilib,

Sizning soğligingiz sörayveraman.

Bizlarni mehrdan ayirmagin, deb,

Uluğ Allohimdan tilayveraman.

Aziza ORTIQOVA,

 Daryo böyi mahallasi.

 

Meni deb yaşadingiz

Yaşadilar onam doim meni, deb,

Şodon ötsin bolamning har kuni, deb.

Ayamadi, mehr soçdi boşimdan,

Goh öylayman qandoq ötdi tuni deb.

 

Dunyolarga alişmayman onamni,

Suratiga töldirayin xonamni.

Oyoğiga tiz çökayin, egib boş,

Onajonim fariştadir, men beboş.

 

Bu hayot taşvişlari oğir ekan,

Meni deb boşlaringiz oğrir ekan.

Kördim, köplar nolib yaşar hayotdan,

Ammo sizning bilganingiz sabr ekan.

Rayhona TOJIBOYeVA,

50-maktab öquvçisi.

 

Yiğlama ayol

Köngillar çaşmasin aylagan giryon,

Bu yoruğ dunyoda yaşnagin mudom.

Sensiz bu yuraklar bölgaydir sarson,

Közingga yoş olib, yiğlama ayol!

Sen bölsang dunyoda ezgulik bölar,

Yöllar ham quyoşli, yorişib borar.

Qalbingda işq degan tuyğu jöş urar,

Közingga yoş olib, yiğlama ayol!

Özingdir mehrli, gözal, ozoda,

Sen bilan bu hayot zavqlarga töla.

Farzandlar köngli töq, onam bor, deya,

Közingga yoş olib, yiğlama ayol.

Sarvinoz Aydinova,

75-maktab öquvçisi.

 

Toğdek baland sabringiz

Toğdek baland sabringiz,

Uzoq bölsin umringiz.

Baxt-u soğlik tilaydi,

Sizga öğil-qizingiz.

 

Siz borsiz - uy çaroğon,

Hayotimiz farovon.

Sizni yaxşi köramiz,

Qadringizga yetamiz.

 

Onajonim, siz bilan,

Bu dunyo bölmas bir kam.

Bizlar yuzga kirganda,

Siz ham bölgaysiz bardam.

Nigora Bozorboyeva,

45-maktab öquvçisi.

 

Farzandin kutar ona...

Ona köz tutadi farzandi yöliga,

Hatto keçalari uxlamay sira.

Lek, farzand onasin eslamay baʼzan,

Köçada yuradi kayf-u safoda.

 

Kayf-u safo uçun borini bergan,

Insonmi u, noqobil farzand.

Onasi holidan xabar olmasdan,

Özi-özi uçun berib yaşar pand.

Venera Şomurodova,

34-maktab öquvçisi.

 

Yagonam

Bu dunyoda yagona,

Gözal, dilbarim onam.

Mehrda ummon, tanho,

Munis, mehribon onam.

 

Közlari kulib boqar,

Şirin sözlari yoqar.

Yuzida quyoş balqar,

Tengsiz jahonim onam!

Diyorbek Abdullayev, 61-maktab öquvçisi.

Ona uluğ

Onam bor, dunyoda heç ğamim yöqdir,

Qudratliman, tanda heç dardim yöqdir.

Onajonim bilan hayot boşqaça,

Borligida onaning qadriga yeting!

Onalar ardoqlab östirdi bizni,

Oq yuvib, oq tarab har birimizni.

Quyoşday yoritdi yöllarimizni,

Borligida onaning qadriga yeting!

Zulfiya Soliyeva, 71-maktab öquvçisi.

Opa-singillar

Bu elda azizsiz soçi sunbullar,

Taʼrifga söz topolmay ojiz bu tillar.

Şu sözni aytganda titrar bu dillar,

Baxtimizga soğ böling, opa-singillar.

 

Har bir uyning gözal fariştalari,

Har joyning saranjom-sariştalari.

Yuzingizdan ketmasin heç qaçon kulgu,

Sizga yaqin kelmasin ğam, dard ila qayğu.

Maftuna YaXŞIMURODOVA.

Ayol

Munis-u möʼtabar atalgan doim,

Hamma ardoqlab der, "qadrli ayol".

Baʼzida qiynalib, qilib köp mehnat,

Sinovlarga köngan, sabrli ayol.

Suyib farzandlarin, erkalab tinmay,

Ularni jonidek köruvçi ayol.

Erini qadrlab, ham qilib hurmat,

Boşiga kötarib yurguvçi ayol.

Kuraşib tinmayin hayot yölida,

Azoblarni yengib ötguvçi ayol.

Yaqinlar qalbiga quvonç ulaşib,

Quvonib, mehrini tutguvçi ayol.

Oila bekasi, işda peşqadam,

Soddadil, xuşçaqçaq, farişta ayol.

Şoirlar madhida, tillarda doston,

Dunyoda bebaho, sarişta ayol.

Şoira GULMONOVA,

87-maktab öquvçisi.

 

Quyoşim

Közlarim nuri onam,

Umrimning maʼnosi ham.

Udir aqlim ziyosi,

Hayotimning fidosi.

 

Onam mehr buloği,

Qonib-qonib içaman.

Udir qalbim ardoği,

Quyoşim, deb quçaman.

Rayhon Safarboyeva, 8-maktab öquvçisi.

 

Oydek gözal

Oydek gözal yuzingiz,

Kulib tursin közingiz,

Şirindir sözlaringiz,

Mehribonim onajon.

 

Dunyo turgunça turing,

Baxtimizga soğ böling.

Taʼriflaşga til ojiz,

Jonajonim onajon.

Lobaroy Olimboyeva, 57-maktab öquvçisi.

Tilak

Bir umr farzandiga jonini berar,

Dard çeksa, yonida darmoni bölar.

Bolam, deb har doim yonida bölar,

Onalar, bunçalar mehribonsizlar!

 

Yurtim onalari soğ-omon bölsin,

Közlarida nur aslo sönmasin.

Yuragida mehri toşgan onalar,

Borgan joyi doim nurlarga tölsin.

Mahliyo JUMABOYeVA,

82-maktab öquvçisi.

Diydor şirin

(Akam Yangiboy Ametovning

70 yilligiga).

Davrada ötirib qursangiz suhbat,

Ularning har sözi hikmat-u ibrat.

Allohim sizlarga bersin kuç-quvvat,

Baxtimga soğ böling, akajonlarim.

 

Sizlarga suyandim otamdan keyin,

Suyançiq bölmasa yaşaş ham qiyin.

Sizlarsiz mol-dunyo - bari bir tiyin,

Baxtimga soğ böling, akajonlarim.

 

Bizlardan bir köylak oldin tözdirgan,

Yaxşi-yu yomonning farqin bildirgan.

Adaşsam, doimo nasihat qilgan,

Baxtimga soğ böling, akajonlarim.

 

Soğinsam, sizlar bor, onamni eslab,

Duolar qilasiz baxtimni közlab.

Quvonib yurasiz yutuğim sözlab,

Doimo soğ böling, opajonlarim.

 

Zamona tinç bölgay, osmon musaffo,

Doim ibodatda, qilaman duo.

Mehringiz çaşmidan qilmang mosuvo,

Diydor şirin, aziz qadrdonlarim!

Adilboy Ametov.

 

Opa-singillar

Bu elda azizsiz soçi sunbullar,

Taʼrifga söz topolmay ojiz bu tillar.

Şu sözni aytganda titrar bu dillar,

Baxtimizga soğ böling, opa-singillar.

 

Har bir uyning gözal fariştalari,

Har joyning saranjom-sariştalari.

Yuzingizdan ketmasin heç qaçon kulgu,

Sizga yaqin kelmasin ğam, dard ila qayğu.

Maftuna YaXŞIMURODOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026