77-SONLI MAKTABDA "BALLI QIZLAR" KÖRIK-TANLOVI ÖTKAZILDI
Fasli navbahor kirib kelişi bilan yurtimizda bayramlar boşlanadi. Bahorni soğingan yurtdoşlarimiz uning taşrifidan quvonçga tölib, har bir kunni bayramga ulaydi. Ayniqsa, ayol-qizlar qadimiy Navröz bayramiga tadorikni köklamning ilk kunidan boşlab yuborişadi.
9-mart kuni Amudaryo tumanidagi 77-sonli maktabda ötkazilgan “Balli qizlar!” körik-tanlovi ham barçaga bahoriy kayfiyat ulaşdi. Bahor bayramlari munosabati bilan ötkazilgan tadbirda maktab öqituvçi va öquvçilari iştirok etişdi. Şuningdek, öquvçilarning ota-onalari ham tadbir mehmonlari bölişdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar barçani köklam taşrifi va kelayotgan bayramlar bilan tabrikladi. Şuningdek, mamlakatimiz Prezidenti ayol-qizlarning jamiyatdagi örni va roliga yuqori baho berib, ularning manfaatlarini himoya qiliş, ularning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bölişlari davlatimiz va jamiyatimizning doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab ötişdi.
Şundan söng, maktabning 10-sinf öquvçisi Sevara Nazarova, 9-sinf öquvçisi Madina Sobirova, 8-sinf öquvçisi Dilnura Tozaboyeva, 7-sinf öquvçisi Saodat Jumaboyevalar iştirokidagi tanlov boşlandi. Körik-tanlovda iştirok etgan öquvçi-qizlar dastlabki şartga köra özlarini taniştirib, salomlaşiş odobini körsatişdi. Ikkinçi şartga köra Beşta muhim taşabbus yönalişlarini izohlab, bilimdonliklarini namoyiş etişdi. Söngra bahoriy sabzavotlardan salatlar tayyorlab, pazandaligini, çaqqonligini körsatişga harakat qilişdi. Keyingi şartga köra Ona haqidagi şeʼrlarni ifodali aytib berişdi. Erkin mavzu deb nomlangan oxirgi şart böyiça esa özlari sevgan va tanlagan kasbi haqidagi tuşunçalari, orzu-istaklarini tomoşabinlarga sahna körinişlari, qöşiq va raqslar orqali çiroyli tarzda yetkazib berdilar.
Tadbir davomida maktabning 3-4-sinf öquvçilari bahor, ona, ayol haqidagi şeʼr va qöşiqlar, raqslar ijro etib, barçaga kötarinki kayfiyat ulaşişdi.
Çaqqon qizlarjonning har bir şartga köra çiqişlarini Böz yop ovul fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Gulzoda Köbayeva, maktabning boşlanğiç sinf öqituvçilari Erkinoy Tajiboyeva, Yorqinoy Erboyeva, maktabi psixologi Raisa Ibodullayevalardan iborat hakamlar hayʼati haqqoniy baholab borişdi. Tanlov yakunida 7-sinf öquvçisi Saodat Jumaboyeva faxrli 1 -örinni egalladi. Şu jumladan, 9-sinf öquvçisi Madina Sobirova, 8-sinf öquvçisi Dilnura Tozaboyevalar 2-örin, 10-sinf öquvçisi Sevara Nazarova esa 3-örinni egalladilar.
Tadbir söngida maktab direktori Şavkat Törayev iştirokçilarni yutuqlari bilan tabrikladi va ularni maktab maʼmuriyati tomonidan tayyorlangan sovğalar va diplom bilan taqdirladi. Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Muhabbat Manğitova ham öz tilaklarini bildirib, iştirokçilarni tabrikladi. Tadbirda öz çiqişlari bilan qatnaşgan öquvçilarni faolligi uçun faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Şuningdek, fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Gulzoda Köbayeva ham sözga çiqib, tadbir haqida öz fikrlarini bildirdi.
Bahor bayramlari munosabati bilan hamda qizlarni milliy qadriyatlarga hurmat, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalaş, ularning ongi va qalbini turli yot ğoyaviy tahdidlardan himoya qiliş maqsadida taşkil etilgan uşbu tadbir barçaga birdek manzur böldi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶