28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:13
Qishloq xoʻjaligi 👁 215

SUVNI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYaLARNING AHAMIYaTINI TARGʻIB ETIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

SUVNI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYaLARNING AHAMIYaTINI TARGʻIB ETIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Keyingi yillarda respublikamizda sugʻoriladigan maydonlardan yuqori  hosil olish, mahsulot sifatini oshirishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda va ushbu maqsad yoʻlida dehqonchilikka yangi-yangi innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda.

Suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish shularning biridir. 2021-yilda Amudaryo tumanining 3800 gektar ekin maydoni, shundan 3730 gektarida tomchilatib, 30 gektarida yomgʻirlatib, 40 gektarida diskret sugʻorish texnologiyasi joriy etildi. 2022-yilda esa jami 2630 gektar ekin maydonidagi ekinlar suv tejovchi texnologiyalar yordamida sugʻorildi va yuqori hosil yetishtirildi. Suv taqchilligi hosildorlikka sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir vaqtda dehqonchilikda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ekinlar hosildorligining oshishiga, kam suv sarf qilgan holda tuproq unumdorligi  yaxshilanishiga olib kelishini  dehqonlar, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari oʻz tajribalarida koʻrishdi. 2022-yilda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan tumanimiz ekin maydonlarining ayrimlariga kredit mablagʻi sarflangan boʻlsa, ayrimlari - paxtachilik klasteri, fermer xoʻjaliklarining oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshirildi.

9-mart kuni Toʻlqin ovulidagi “Amu sohili” fermer xoʻjaligi ekin dalasida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning ahamiyatini targʻib etishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligining suvni tejaydigan ilmiy va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasi boshligʻi Begzod Xolmurodjonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi  nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Niyatboy Orolboyev, tuman Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya boʻlimlari boshliqlari, mutaxassislari, klaster korxonasi agronomlari, fermer xoʻjaliklari raislari ishtirok etdilar.

Seminarda Begzodjon Xolmurodov, Niyatboy Orolboyevlar dehqonchilikda suv tejaydigan texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati xususida, tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Ergash Yoʻldoshev oʻtgan yillarda tumanimiz ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi, ushbu yerlardagi mahsulot yetishtirish koʻrsatkichlari haqida, bu boradagi kelgusi rejalar haqida maʼruza qildi.

Shuni alohida eʼtirof etish lozimki, joriy yil dehqonchiligida ham ekinlarni sugʻorishda innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish rejalashtirilmoqda. Yaʼni 3240 gektar ekin maydonida, shundan 1900 gektar paxta, 175 gektar bogʻ, 200 gektar uzum, 600 gektar boshqa ekinlar tomchilatib, 190 gektar gʻalla, 10 gektar sabzavot, 15 gektar ozuqabop ekinlar yomgʻirlatib, 150 gektar yer diskretli hamda 800 gektar yer egiluvchan quvurlar orqali sugʻoriladi. Hozirgi kunda 28 ta fermer xoʻjaligining jami 198 gektar ekin maydonlariga suv tejovchi texnologiyalarning qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Suv tejaydigan texnologiyalardan foydalanish – mahsulot yetishtirishning koʻpayishiga, elimiz dasturxoni toʻkin-sochin boʻlishiga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026