QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA TARQALIŞINING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA KÖRGAZMALI MAXSUS-TAKTIK ÖQUV MAŞQI ÖTKAZILDI
“Aholi örtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma tarqalişining oldini oliş tadbirlarida Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzilmasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Amudaryo tumanida körgazmali maxsus-taktik öquv maşqi taşkil etildi.
24-mart kuni bölib ötgan öquv maşqlari tadbiri ikki qismda, yaʼni nazariy va amaliy turlarda ötkazildi. Maxsus-taktik öquv maşqida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi va fuqaro muhofazasi faoliyatini taşkil etiş, xavfsizlik tarğiboti bölinmasi boşliği kapitan Bekzod Tajiboyev, inspektori leytenant Hasan Hayitboyev, Tibbiyot birlaşmasidan yuqumli kasalliklar bölimi şifokori Farhod Qöşmanov, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mudiri Gulşod Tojiboyevalar qatnaşişdi.
Nazariy qismda Gulzor mahalla fuqarolar yiğini binosining majlislar zalida seminar ötkazildi. Seminarni tuman hokimi örinbosari Nodir Kamolov oçib berdi va olib bordi. Seminarda tuman Tibbiyot birlaşmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimlarining mutasaddi xodimlari hamda mahalla fuqarolar yiğinlari va boşqa taşkilotlar xodimlari ham iştirok etişdi.
Seminar davomida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining Epidemilogiya bölimi mudiri Gulşod Tojiboyeva “Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi”, tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği örinbosari Tursunboy Abdullayev “Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligning epizootologiyasi, kasallik profilaktikasi va öçoqda olib boriladigan dezinfektsiya va dezinsektsiya işlari töğrisida”, tuman Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimi şifokori Farhod Qöşmanov “Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining diagnostikasi, klinikasi va davolaş usullari haqida” mavzularida maʼruza qildilar.
Şundan söng, öquv maşqining amaliy qismi 4 bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiçda tuman Tibbiyot birlaşmasiga “Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorni aniqlaş, epid anamnez yiğiş, bemorni alohidalaş, tezkor xabarnoma beriş, taşxis qöyiş va gumonli bemorni yuqumli kasalliklar şifoxonasi izolyator xonasiga yotqiziş tartibi amaliy harakatlar bilan körsatib berildi.
Ikkinçi bosqiçda tumanda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi, Tibbiyot birlaşmasi xodimlarining epidemiologik va epizootologik suriştiruv işlarini ötkaziş va aholi orasida tarğibot-taşviqot tadbirlari hamda tuşuntiriş işlarini olib boriş tartibi bajarildi. Uçinçi bosqiçda tuman Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga borgan holda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorni alohidalaş, davolaş, parvarişlaş harakatlarini olib boriş tartibi körsatildi.
Törtinçi bosqiçda tuman Veterinariya bölimi tomonidan kasallik tarqalgan öçoqda profilaktik çora-tadbirlar ötkazildi. Dezinfektsiya, dezinsektsiya qiliş tartibi körsatib berilib, uni bartaraf etiş harakatlari amalda bajarildi.
Ötkazilgan maxsus-taktik öquv maşqiga jami 112 nafar kişi va 10 ta maxsus texnika jalb etildi.
Körgazmali maxsus-taktik öquv maşqi yakunida Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş davlat tizimi Amudaryo tumani böğiniga kiruvçi xizmatlari favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularni bartaraf etişga tayyor deb baholandi.
B.Tajiboyev, tuman FVB bölinma boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶