“Beş taşabbus paralimpiadasi”ning mamlakat bosqiçi ğolibi – amudaryolik Nursulton Sariboyev navbatdagi musobaqalarga qizğin tayyorgarlik körmoqda
Oilada dunyoga kelgan farzandning kelajakda qanday inson bölib voyaga yetişi ota-ona, maktab taʼlim-tarbiyasiga boğliq. Ularning uyğun tarbiyasi orqali yoş norasidada şakllangan xarakter kelgusida uning jamiyatdagi örnini belgilab beradi. Ha, şunday. Illo heç kimning husni-jamoli, böy-basti yo qimmatbaho kiyimlari, şohona qasrlari emas.
Boyovul mahallasida yaşovçi mavsumiy işçi Nurlan Umrzoqov va ayoli Şahnoza Berdiyevalar oilasida dunyoga kelgan ilk farzandning jismida nuqsoni bölsa-da, taqdirlaridan nolimadilar, nega bunday böldi, deb noşukurlik qilmadilar. Aksinça könglini öksitmay, aqlli, intiluvçan, sabr-bardoşli qilib voyaga yetkazişga intildilar.
2022-yilning oxiri kunlaridan birida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining final bellaşuvlari 16-sonli maktab sobiq öquvçisi, Toşkent Axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniring fakulteti dasturiy injiniring yönalişi 2-bosqiç talabasi Nursulton Sariboyev hayotida öçmas iz qoldirdi. U uşbu musobaqada stol tennisi böyiça parasportçilar orasida quyi bosqiçlarda ğolib çiqib, final bosqiçida kuç sinaşdi va ğoliblikni qölga kiritdi. Bu bilan u heç kimdan kam emasligini, tinimsiz maşqlar davomida qançalik mahoratga ega bölganini, öz oldiga qöygan maqsadi çempion böliş uçun neçoğlik sabot-matonat bilan intilganini amalda ifoda etdi.
Stol tennisi. Bir qaraşda osondek tuyuladigan kiçik koptok va raketkalar bilan stolda öynaladigan bu sport turi aslida sportçidan öta çaqqonlikni, ziyraklikni va butun fikrini-zikrini öyinga qaratişini talab etadi. 1988-yildan Olimpiada öyinlari dasturiga kiritilgani uşbu sportning nufuzi va ommaviyligidan darak beradi. Demoqçimanki, Nursulton Sariboyev “Beş taşabbus olimpiadasi” sport öyinlaridagi ğalabasini osonlikça qölga kiritgani yöq.
U 16-sonli maktabning 5-sinfida öqib yurgan vaqtlarida uylariga yaqin joylaşgan tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabining Çordara mahallasida joylaşgan bazasidagi stol tennisi guruhiga qatnay boşladi. Bu yerda unga yoş murabbiy qiz Hamida Rajabova uşbu sport turi sir-asrorlarini qunt bilan örgatdi, tinimsiz maşğulotlar davomida mahorat, özini qölga olib, butun eʼtiborini öyinga qaratiş könikmasini örgatdi. U murğak qalbida şakllangan soğlom tengdoşlariday natijalarga erişiş orzusi tufayli maşğulotlardan bezmadi, intilişdan töxtamadi. Natijada sport maktab, respublika sport maktablariaro ötkazilgan oçiq birinçiliklarda mahoratini namoyiş etib, faxrli örinlarni egallay boşladi. 15 yoşga yetganida Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi musobaqalarda qatnaşib, stol tennisi umidli sportçisi ekanligini körsata oldi.
Baʼzan odamlar, yoşlar orqasida qolgan yillariga nazar taşlaganida şu vaqtlar bir zumda ötib ketgandek his etadi özini. Biroq Nursulton maktab öquvçisi, Amudaryo kasb-hunar kolleji öquvçisi davrlarida hayotida öçmas qoldirgan, faxr-iftixor bilan eslaydigan nurli kunlari köp böldi. Uning turli yillarda, turli musobaqalarda olgan medallari, diplom, Faxriy yorliqlari buni yaqqol körsatib turibdi. Hamida Rajabova bilan ötkazgan maşğulotlari barça yutuqlariga deboça böldi, desak adaşmaymiz. Uning yutuqlari faqat stol tennisida emas, şu kungaça futbol, voleybol, taekvando, yuguriş kabi sport turlari böyiça ham köpgina musobaqalarda ğoliblikka erişgan. 2022-yil sentyabrida parataekvando böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston çempionatida 2-örin, şu sport turi böyiça 2023-yil fevralida ötkazilgan Qoraqalpoğiston çempionatida yana 2-örin, şu yil 12-martda Nukus şahrida yuguriş böyiça “Yangi nafas” nomi bilan ötkazilgan marafonda parasportçilar orasida 2-örin... Bunday qaydlarni yana ança davom ettirişimiz mumkin.
– Keyingi vaqtlarda köproq vaqtimni öqişga, mutaxassisligimni puxta egallaşga qaratganimga sportdagi natijalarim biroz pasaygandi. “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridagi natijamdan juda quvondim. Final öyini tugaşi bilan ota-onamga, ustozim Hamida opaga, oliygohdagi ustozlarimga qönğiroq qildim. Taqdirlaş marosimida şohsupaning eng yuqorisida turganim, ğolib ekanligimni eʼlon qilganlari juda sururli edi. Bilasizmi, şohsupada turibman–u, şu kungaça stol tennisi böyiça çarçoqni pisand qilmay, issiq-sovuqlarda maşq qilganlarim, baʼzan yutqazganlarim köz oldimdan bir-bir ötdi, – közlari yonib sözlaydi Nursulton.
Ha, hayot doim bir maromda davom etmaydi. Baʼzida uçraydigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli odam ruhini sindirmasligi, umidini söndirmasligi lozim. Doim öziga işongan, olğa intilganlar nurli manzillarga yetadi.
Buni Nursulton Sariboyevning hayoti misolida ham körişimiz mumkin. Unda bunday iroda, kuçni tarbiyalagan ota-onasi, ustozlari. Şu boisdan Nursultonning hayotda, sportda erişgan har bir ğalabasi ularni quvonçga belaydi.
– Hayotda odam intilişlari, mehnatlari orqali öz örnini topadi. Nursultonning mavqeiga, erişgan yutuqlariga öttiz ikki muçasi soğ tengdoşlari ham havas qilişayapti. U bunga arziydi ham. Qöşa-qöşa medallar, diplomlar sovğalar unga bejiz berilmagan, – deydi tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tajimurodov.
– Şogirdlarimning musobaqalardagi iştirokini yurak hovuçlab ötirib kuzataman. Nursultonning “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridagi paratennis turida erişgan ğalabasidan boşim osmonga yetdi, – deydi uning murabbiyi Hamida Rajabova. Uni şunday yetuk qilib voyaga yetkazgan ota-onasi Nurlan Umrzoqov, Şahnoza Berdiyevalarga havasini yaşirmaydi. Bu bejiz emas. Çunki murabbiy Nursultonni ota-onasi doim qöllab, qiziqişlarini hurmat qilişini, farzandlari kamoli uçun hamma narsaga tayyor ekanligini biladi.
Ha, oila ham tarbiya maskani. Nurlan Umrzoqov va Şahnoza Berdiyevalar oila qörğonida voyaga yetayotgan boşqa farzandlari ham intiluvçan, dadil. Nursultondan kiçigi Madina Nukus davlat pedagogika instituti, Nurjamol Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari. Mavsumiy işda işlasa-da uç nafar farzandini birdaniga oliygohlarda öqitayotgan ota 16-sonli maktab 10-sinf öquvçisi, kenjatoy farzandi Quvonçning oliygohga kirişi uçun qöşimça darslar olişini ham taʼminlayapti. Köpqavatli uyning torgina kvartirasida ham tört nafar farzandni ilm-maʼrifatli, köngli toza, odobli qilib voyaga yetkazayapti.
– Özimiz öqiy olmagan edik. Bolalarimizni öqitib, orzularimizga erişganday bölayapmiz, – deydi oila bekasi kulib.
Ha, ota-ona uçun farzand kamolidan ortiq baxt yöq dunyoda. Biz ana şunday orzular umidida farzandlarini nurli yöllarga yetaklayotgan ota-onaga hali barça yaxşi kunlar oldingizda, mehnatlaringizning mevasi totli böladi, degimiz keladi. Joriy yilgi “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining parataekvando turi böyiça ilk musobaqalarga qizğin tayyorgarlik körayotgan Nursultondan esa yangi ğalabalar kutib qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶