“KITOB BIZNING DÖSTIMIZ” DEB NOMLANGAN KITOBXONLIK TANLOVI ÖTKAZILDI
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, xalqimiz orasida adabiyot va kitobxonlikni tarğib qiliş, uluğ siymolar tavallud kunlariga bağişlab adabiyot kunlarini ötkaziş va yubiley yoşi belgilanadigan yozuvçi, şoirlarning hayot va ijodini tarğib qiliş maqsadida yoşlar örtasida kitobxonlik tanlovi ötkazildi.
Şu yil 4-aprel kuni 38-sonli maktabda “Kitob bizning döstimiz” mavzusida bölib ötgan uşbu tanlovda tumandagi 8-9-sinf öquvçilari iştirok etişdi. Tanlovda kitobxon yoşlar özini taniştiriş, naql maqollarni töliqtiriş va mazmunini aytiş, yubiley sanalari belgilangan şoirlarning hayoti va ijodi böyiça gapirib beriş, 2023-yilda yubiley sanalari nişonlanadigan şoirlarning şeʼrlaridan ifodali öqib beriş kabi şartlar böyiça belaşib, bilimlarini sinovdan ötkazişdi.
Tanlov yakunida 1-sonli maktab öquvçisi Iroda Yöldoşeva 1-örinni, 3-sonli maktab öquvçisi Umida Doniyorova 2-örinni, 6-sonli maktab öquvçisi Oltinoy Yödoşeva 3-örinni egalladi. Ğoliblarga Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan diplom va esdalik sovğalar topşirildi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶