Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi tarğibotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea – umumxalq Referendumiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. 30-aprel kuni “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qöyiladi. Mana şu muhim jarayonning ahamiyati va yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatini aholiga keng tarzda tuşuntiriş maqsadida tarğibot tadbirlari olib borilmoqda.
Yaqinda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova hamda respublika tarğibot guruhi azolari Amudaryo tumanining Amur Temur nomli ovul fuqarolar yiğinida aholi bilan uçraşuv ötkazdilar. Uçraşuvda Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini köp millatli xalqimizning takliflari asosida şakllantirilgani, umumxalq muhokamasida kelib tuşgan takliflarning 60 foizdan ortiği bevosita yoşlar tomonidan bildirilgani alohida taʼkidlandi.
Amaldagi qonunçilikka köra, parlamentning özi ham Konstitutsiyaga özgartiş kiritiş vakolatiga ega ekanligini, lekin konstitutsiyaviy islohot fuqarolar fikri va qöllab-quvvatlaşi asosida referendum orqali amalga oşirilsa, haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bölişi eʼtirof etildi.
Barçaga maʼlumki, 2021-yil 6-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining öz lavozimiga kirişişiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida senator va deputatlar, keng jamoatçilik, xalq bilan maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini örganib, puxta öylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan asosiy qonunimizni takomillaştiriş masalasini körib çiqiş kerakligini taʼkidlagan edi.
Oradan bir yarim yilga yaqin vaqt ötdi. Mazkur muddat davomida Oliy Majlis palatalari kengaşlarining qöşma qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş yuzasidan takliflarni şakllantiriş va taşkiliy çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Mutasaddilar tomonidan “Mening Konstitutsiyam” onlayn platformasi, call-markaz, poçta, jumladan, elektron poçta hamda telegram maxsus boti orqali taklif va mulohazalar yuboriş uçun barça imkoniyatlar yaratildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga bağişlangan tarğibot tadbirida sözga çiqqan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga töxtalar ekan, keyingi yillarda mamlakatimizda aholining turmuş şaroitlarini tubdan yaxşilaş, ijtimoiy muammolarni adolatli hal etiş, ayniqsa, insonni eʼzozlaş, uning huquq va erkinliklarini taʼminlaşga qaratilgan izçil islohotlar amalga oşirilayotganini taʼkidladi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada ham jamiyatning barça qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, yaʼni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qöyişni maqsad qilingani aytib ötildi.
Jumladan, Boş qomusimizda heç kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilişi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u körgan zararning örni qonunda nazarda tutilgan hollarda hamda bozor qiymatida qoplanişi kafolatlanmoqda.
Şu bilan birga, har kimning mehnati uçun heç qanday kamsitişlarsiz hamda mehnatga haq tölaşning belgilangan eng kam miqdoridan kam bölmagan tarzda adolatli haq oliş huquqi mustahkamlanmoqda.
Mazkur normaning Konstitutsiyada belgilanişi fuqarolarning iş haqlari miqdori şunçaki emas, aynan ularning munosib turmuş keçirişini taʼminlaşda, pirovard natijada aholi turmuş darajasini yaxşilaş va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirişda muhim ahamiyatga ega böladi.
Tadbir iştirokçilari Boş Qonunimizda har bir şaxs öz himoyasi va manfaatini körayotganligini aytib, uning mamlakatimiz izçil rivojlanişida tarixiy ahamiyat kasb etişini bildirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶