28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:51
Siyosat 👁 293

Yangilanayotgan Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Yangilanayotgan Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

7-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Maryam Ahmedova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova hamda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Maʼlumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildi. Qonun 30-aprel, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi. Ushbu muhim siyosiy jarayonda barchani faol ishtirok etishga, fuqarolarning oʻz hayotiga, farzandlari kelajagiga befarq boʻlmaslikka chaqirsh maqsadida oʻtkazilgan yigʻilishda Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Maryam Ahmedova Konstitutsiyaviy qonunning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

Yangi tahrirga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilmoqda, 128 ta moddaning 91 tasiga kontseptual oʻzgarishlar kiritilayotir. Umuman olganda, Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, inson va davlatning huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligiga tayanganini taʼkidladi.

Shuningdek, yoshlar mamlakati boʻlgan Oʻzbekistonda Yangi Qomusimizning 79-moddasida “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantiradi. Davlat yoshlarning intelektual, ijodiy, jismoniy va ahloqiy jihatdan shakllanishi va rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishiga, sogʻligʻini saqlashda, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deya belgilangani yoshlar kelajagi uchun mustahkam huquqiy poydevor boʻladi.

Yigʻilish davomida soʻzga chiqqanlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining matni 2022-yil 25-iyundan 1-avgustga qadar oʻtkazilgan umumxalq muhokamasida va undan keyingi jarayonlarda kelib tushgan takliflar, fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda maromiga yetkazilganligini, Konstitutsiyani koʻp millatli xalqimiz birgalikda yaratganini taʼkidlashib, barchani 30-aprel kuni hamjihat va hamfikr boʻlib kelajagimiz uchun ovoz berishga chorladilar.

Darhaqiqat, yangilanayotgan Bosh Qomusimizda inson va fuqarolarning huquq, erkinlik va majburiyatlari tenglik hamda teng huquqlilik asosida amalga oshiriladi. Shunday ekan, uning har bir moddasiga inson qadr-qimmatini himoyalaydigan, Yangi Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot yoʻnalishlarini belgilab beradigan muhim vosita sifatida qaragan holda Referendumda faol ishtirok etaylik, aziz yurtdoshlar!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026