TADBIRKOR BÖLIŞNI ISTASANGIZ...
Mamlakatimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Xususan bu borada tadbirkorlik faoliyati sohasiga ruxsat beriş qoidalarining soddalaştirilganligi, ortiqça byurokratik tösiqlarning bartaraf etilganligi, tadbirkorlik subʼektlarining huquqiy himoyasi taʼminlanayotganligi bois iqtisodiyotimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlarning roli, uluşi kengaymoqda. Bu harakatning yanada samarali bölişi uçun Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş Departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tuman bölimi tomonidan aholi orasida keng tarğibot-taşviqot işlari olib borilmoqda.
Yaqinda "Olmazor” mahallasida joylaşgan Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji majlislar xonasida SVOJJDLQK departamenti mahkamasi bölim boşliği I.Latipov, departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi bölim boşliği M.Ötepbergenovlar iştirokida mahallada istiqomat qiluvçi tadbirkorlar, kollejning tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan bitiruvçilari bilan taşkil etilgan uçraşuv ham şu maqsadga qaratildi.
Uçraşuvda tadbirkorlar huquqini himoya qiliş borasida qabul qilinayotgan hukumatimiz qarorlarining ahamiyati, tadbirkorlarga yaratilayotgan şart-şaroitlar, ularning faoliyatiga tösqinlik qilişning oldini olişga qaratilgan qonuniy hujjatlar, soliq qonunçiligidagi özgarişlar haqida maʼruzalar qilindi. Kollejning tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan bitiruvçilariga öz biznesini qanday taşkil etiş mumkinligi keng tuşuntirildi.
Maʼruzalardan söng uçraşuv iştirokçilari özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Xullas, tadbirkor bölişni istagan kişi avvalo, bu boradagi qonunçilikni çuqur örganib, öz işini ongli ravişda taşkil etişi lozimligini çuqur angladilar.
B.KOÇKAROV,
SVOJJDLQK departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tuman bölimi boşliği, adliya kiçik maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶