“Yangi Konstitutsiya− xalq dardiga quloq soluvçi davlat asosi!" şiori ostida tarğibot tadbiri bölib ötdi
Ayni kunlarda mamlakatimiz böylab umumxalq Referendumi oldidan “Yangi Konstitutsiya − xalq dardiga quloq soluvçi davlat asosi!” şiori ostida tarğibot tadbirlari, kontsert dasturlari ötkazilmoqda. Ularda jamoat arboblari, estrada yulduzlari, sportçilar, davlat idoralari vakillari, tadbirkorlar, iqtidorli yoşlar çiqiş qilmoqda.
Mana şunday tarğibot tadbiri Amudaryo tumanida ham ötkazildi.
10-aprel kuni tumanning çekka hududlaridan biri bölgan Xolimbeg ovuli hududida joylaşgan 35-sonli maktabda yangilanayotgan Konstitutsiya tarğibotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda respublika işçi guruh azolari- “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktori örinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmanova, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş, muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Z.Ismailova, Özbeksiton davlat sanʼat va madaniyat instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri M.Abdujabbarova, iqtidorli yoşlar, pedagog xodimlar, faol ayol-qizlar hamda mahalla ahli iştirok etişdi.
Tadbirda işçi guruh azosi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktori örinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmanova maʼruza qildi.
U yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş böyiça qator huquqiy asoslar keltirib ötilganini qayd etib, 30-aprelm kuni barçani öz kelajagimiz va haq-huquqlarimiz kafolati uçun ovoz berişga çaqirdi.
Şundan söng, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Maryam Ahmedova Yangilanayotgan Konstitutsiya mamlakat rivoji, aholining tinç va farovon turmuş keçirişi, yurtning taraqqiy etişi uçun muhim huquqiy asos ekanini taʼkidlab ötdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat tuzilişi, hokimiyat va boşqaruv organlari tizimi, ularning vakolat hamda majburiyatlari, şakllantiriliş tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va şaxsning özaro munosabatlari, şuningdek, sud tizimi hamda davlat va jamiyatning özaro munosabatlari yanada aniq va ravşan belgilab berilgani alohida eʼtirof etildi.
Tadbirda "Mötabar ayol" kökrak nişoni sohibasi, "Oqila ayollar" harakati aʼzosi Amina Yusupova ham söz olib yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida alohida bob oila, bolalar va yoşlar masalasiga bağişlanganligini aytib ötdi. Va uşu bob içidagi moddalarda oilaviy qadriyatlar yanada mustahkamlanganidan mamnun ekanligini bildirib ötdi.
Tadbir davomida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Barno Samandarova Konstitutsiyamizning 44-moddasida majburiy mehnat, bolalarning barkamol rivojlanişiga salbiy taʼsir qiladigan har qanday bolalar mehnati taqiqlanayotganini taʼkidladi. U öz nutqida 30-aprel kungi Referendumda tengdoşlarining va özining haq-huquqlari mustahkam kafolatlab qöyilayotgan Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga ovoz berişini taʼkidladi va yoşlarni ham şunga çorladi.
Tarğibot tadbirida Xolimbeg ovulidagi maktabgaça taʼlim muassasi tarbiyalanuvçilari, 17-, 35-sonli maktablarning iqtidorli öquvçilari tomonidan ona Vatan, tinçlik va döstlikni tarannum etuvçi gözal kuy-qöşiqlar ijro etildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶