Oybek nomli mahallada tuman hokimining yoşlar bilan navbatdagi uçraşuvi va sayyor qabuli bölib ötdi
Mamlakat taraqqiyoti, jadal rivojlanişi, muayyan yutuqlarga erişişi, xalqning farovon bölişi şu davlat tomonidan yoşlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtiborga boğliq. Şunga köra Özbekistonda yoşlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylantirildi. Bu borada muntazam ravişda ötkazilib kelinayotgan hokim va yoşlar uçraşuvlari ham muhim vosita bölib xizmat qilmoqda.
14-aprel kuni Amudaryo tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşevning yoşlar bilan uçraşuvi va sayyor qabuli bölib ötdi.
Oybek mahallasi hududida joylaşgan Axborot-kutubxona markazida bölib ötgan uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailovlar hamda mahalladagi 30 nafarga yaqin faol yoşlar iştirok etişdi.
Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi, yoşlarni yiğiliş kun tartibidagi masala bilan taniştirdi va tumanimizda yoşlarning öz iqtidorlarini namoyiş etişlari, öqib, ilm olib, mutaxassislik va kasb-hunar egallaşlari, yuksak axloqiy fazilatlar va çuqur bilim bilan qurollanib, yurtimiz farovonligi yölida mehnat qilişlari uçun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, hayotda öz örnini topişga daʼvat etdi. Tuman hokimi yurt koriga yaraydigan, Vatani va oilasini qadrlaydigan yoşlardan ota-onasi ham, Vatan ham rozi bölişini taʼkidladi.
Rasmiyatçilikdan holi, samimiy va oçiq ruhda keçgan uçraşuv jarayonida yoşlarga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
Tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov öz nutqida oldimizda turgan muhim siyosiy jarayon, yaʼni sanoqli kunlardan söng bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi umumxalq Referendumi töğrisida batafsil maʼlumot berib, barça yoşlarni Referendumda öz ovozi bilan faol iştirok etişga çaqirdi.
Şundan söng, yoşlarning takliflari, muammolari tinglandi. Yoşlar asosan haydovçilik guvohnomasi oliş uçun öqiş tölovi, fuqarolik pasport oliş, soğligini tiklaş böiça amaliy yordam beriş kabi masalalarda murojaat qilişdi.
Soğliğini tiklaş uçun harajat pullarining qoplab berilişi böyiça qilingan murojaat şu yerning özida ijobiy hal etildi.
Uçraşuvda yoşlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni ijobiy hal qiliş yuzasidan tegişli idora va taşkilotlar rahbarlariga topşiriqlar berildi.
“Hokim va yoşlar” uçraşuv yiğilişida iştirok etgan yoşlar özlariga qaratilayotgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini bayon etdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶