28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:20
Madaniyat 👁 485

MADANIYaT VA SANʼAT XODIMLARI KUNI KENG NIShONLANDI

MADANIYaT VA SANʼAT XODIMLARI KUNI KENG NIShONLANDI

Butun dunyoda roʻy berayotgan globallashuv jarayoni aholidan sogʻlom dunyoqarashga, yuksak insoniy xislatlarga ega boʻlishni va chor-atrofida roʻy berayotgan voqea-hodisalarga oqilona munosabatda boʻlishni taqozo etmoqda.

Yurtdoshlarimizning, ayniqsa yoshlarning bunday yetuklikka erishishida madaniyat va sanʼat xodimlarining xizmati katta. Bu yoʻnalishdagi islohotlarning amalga oshirilishini jadallashtirishda sohaga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik muhim asos boʻlib xizmat qilayotir.

Yurtimizda 15-aprel – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni sifatida nishonlanishi ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Sana munosabati bilan yurtimizda madaniyat va sanʼat sohasini, oʻzbek milliy madaniyati va sanʼatini rivojlantirish, nufuzini yuksaltirish, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarishda fidoyilik qilayotgan soha xodimlari mehnati ulugʻlanadi, ularga hurmat-eʼtibor koʻrsatiladi.

15-aprel kuni Amudaryo tumani Madaniyat va turizm boʻlimida ham madaniyat va sanʼat xodimlari kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan tashkillashtirilgan tadbirga soha xodimlari, uzoq yillar samarali mehnat qilib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar, tumanimizdagi 9-sonli va 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, oʻquvchilari, sanʼat shinavandalari ishtirok etishdi.

Boʻlim maʼmuriy binosi tomoshalar zalida boʻlib oʻtgan bayram tantanasida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ishtirok etib, madaniyat va sanʼat xodimlarini kasb bayrami bilan qizgʻin tabrikladi va kelgusida el-xalqimizga milliy sanʼatimizni keng targʻib etishda, namoyish etishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Tumanimizda sanʼatning barcha turlari boʻyicha ham yorqin isteʼdodga ega, iqtidorli yoshlar koʻp. Ularning isteʼdodini yuzaga chiqarishda, yuksaltirishda beminnat ustozlik qilayotgan taniqli soha xodimlari, talantli yoshlardan 17 nafarini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev qimmatbaho sovgʻalar va tashakkurnomalar bilan taqdirladi, shuningdek faxriylarga ham sovgʻalar berdi.

Tantanali tadbir kuy-qoʻshiqlar, jozibali raqslar bilan davom etdi. Ayniqsa yosh isteʼdod egalari Guliraʼno Oʻrinboyeva, Gulnoza Gulmanovalarning ijro etgan raqslar barchani oʻyin davrasiga chorladi.

Tadbir tugagach, soha xodimlari uchun iftixorlik tashkil etildi. Toʻkin dasturxon atrofida madaniyat va sanʼat xodimlari dildan suhbatlashib, iftorlik qildilar, yurtimizda gunohlardan poklanish va magʻfirat oyi hisoblanmish Ramazon oyiga yetkazganiga, mehnatlari yuksak eʼtirof etilayotganiga shukronalar aytdilar.

Bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan buningdek tadbir madaniyat va sanʼat xodimlariga yana kuch-gʻayrat, unumli ishlashga ragʻbat uygʻotdi.

Aytish joizki, keyingi yillarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, uning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga eʼtibor kuchaymoqda.

Bu albatta, kelgusida xalqimizga madaniy xizmat koʻrsatish sifati oshishiga, boʻsh vaqtlarida koʻngilli dam olib, maʼnaviyati yuksalishiga zamin boʻladi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026