28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:55
Siyosat 👁 305

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumanida koʻcha boshchilari bilan uchrashdi

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumanida koʻcha boshchilari bilan uchrashdi

“Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir. Xalqimiz oʻz hayotida ijobiy oʻzgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun koʻrishi kerak”. Prezidentimizning xalq qalbidan chuqur joy olgan bu soʻzlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar, islohotlar va yangilanishlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, uning gʻoyaviy oʻzagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini taʼminlash, odamlarimizni rozi qilish yoʻlidagi zalvorli ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh gʻoyalar asosida olib borilib, tobora yangi maʼno va mazmun bilan boyib bormoqda.

Yurtimizda bunday tarixiy oʻzgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha tamomila yangi tizimga asos solingani ham ayni haqiqat. Bunda ayniqsa, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarini tinglash va ularga yechim topish maqsadida boʻlib oʻtayotgan uchrashuvlar, sayyor qabullar, davra suhbatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

17-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevning Amudaryo tumanida mahallalardagi koʻcha boshchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot mutasaddilari, mahalla raislari, koʻcha boshchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev muhtaram Prezidentimiz boshchiligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shu bilan birga muhtaram Prezidentimizning 30-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qilgan safari davomida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish yoʻnalishlarida bajarilishi lozim boʻlgan muhim topshiriqlar xususida soʻz yuritdi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi koʻcha boshchilariga murojaat qilar ekan, ularning xalqimiz hayotida munosib oʻringa egaligi, oʻzlarining ibratga toʻla nasihatlari bilan oilalar turmushi farovon boʻlishiga, yoshlarning maʼnaviyatli va mʼrifatli boʻlishiga oʻz hissalarini qoʻshib kelayotganini aytib oʻtdi. Shuningdek, mahallalardagi mavjud eng dolzarb muammolarni shu mahalla aholisi koʻcha boshchisi atrofida birlashgan holda koʻtarib chiqishi lozimligini taʼkidladi.

Prezidentimiz endilikda mahallalarni rivojlantirish uchun dastlab har bir mahallaga 500 mln. soʻm pul mablagʻi ajratilishini, keyinchalik esa undanda koʻproq mablagʻ ajratilishini aytgan edi. Prezidentmiz mahalla ahlining oʻzi tegishli mahalladagi muammolarni aniqlashi va ushbu mablagʻlarni mazkur muammolarni hal qilishga ishlatishi lozimligini ham taʼkidladilar. Ushbu jarayonlarda mahalla ahlining bir-biri bilan ahilligi, ogʻizbirchiligi muhim ahamiyatga ega.

Darhaqiqat, yoshi ulugʻ nuroniylar, koʻcha boshchilarining mahalla ahlini birdamlikka, ogʻizbirchilikka oʻrgatish, oilalar tinchligi, yoshlar tarbiyasini mustahkamlashdagi roli juda muhimdir. Ular oʻzlarining boy hayotiy tajribalari asosida oʻz mahallasining maslahagoʻyi, suyanchigʻi boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi.

Uchrashuvda koʻcha boshchilari tomonidan mahallalarni obod qilish va xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha bir qancha murojaat va takliflar ilgari surildi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amanbay Orinbayev ushbu murojaat va takliflar tez orada yechim topishini bildirib oʻtdi.

Rasmiyatchilikdan holi, samimiy va ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtgan uchrashuv koʻcha boshchilari oʻzlariga bildirilgan yuksak eʼtirof va ishonchdan mamnun ekanligini izhor qildilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026