28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:55
Siyosat 👁 272

REFERENDUM UChASTKALARINING ALOQA QURILMALARI VA INTERNET BILAN TAʼMINLANGANLIGI KOʻZDAN KEChIRILDI

REFERENDUM UChASTKALARINING ALOQA QURILMALARI VA INTERNET BILAN TAʼMINLANGANLIGI KOʻZDAN KEChIRILDI

Yurtimizda yaqin kunlarda, yaʼni 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan siyosiy jarayon – Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha referendumga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Qonunchilikda belgilangan tartibda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha rejasiga muvofiq, barcha chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytda hududlarda tuzilgan uchastkalar Referendumga tayyor qilib qoʻyildi.

“Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi va Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy sektori masʼullari Amudaryo tumanidagi Referendum uchastkalarida boʻlib, oʻrganish ishlarini olib bordilar. Masʼullar tomonidan Referendum uchastkalarida aloqa qurilmalari, internet xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashi koʻzdan kechirilib, tekshirildi. Shuningdek, saylovchilarning yagona elektron roʻyxati va saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanishning texnik imkoniyatlari oʻrganildi.

Maʼlumki, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra, referendum uchastkalari referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Shu jumladan, harbiy qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari tuziladi. Bundan tashqari, mazkur Qonunda xorijdagi fuqarolarimizning oʻz huquqlaridan foydalanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida ham referendum uchastkalari tuzilishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazuvchi 1-Qoraqalpogʻiston okrug komissiyasi qaroriga koʻra Amudaryo tumanida 64 ta uchastka tuzildi. Ulardan 57 tasi umumtaʼlim maktablari, 2 tasi madaniyat uyi, 3 tasi texnikum va kasb-hunar maktablari, 1 tasi tuman Sport maktabi, 1 tasi Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida joylashtirilgan. Ushbu uchastkalardagi referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tomonidan tayyorgarlik ishlari oʻz muddatida olib borilib, referendum kuniga tayyor qilib qoʻyildi. Uchastkalarning har biriga telefon aloqasi oʻrnatilib, yangidan raqamlar berildi. Shuningdek, Olmazor mahallasidagi 95-referendum uchastkasi va Farovon mahallasidagi 93-referendum uchastka markazlari videokuzatuv kameralari bilan taʼminlandi. Ayni paytda internet xizmatlari bilan taʼminlash ishlari ham amalga oshirilib, aloqa sifatini yanada yaxshilashga eʼtibor qaratilmoqda.

Undan tashqari, uchastkalar zarur oʻquv qoʻllanmalar, siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan boshqa adabiyotlar bilan ham taʼminlangan. Referendumni qonun talablariga muvofiq tarzda oʻtkazish maqsadida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzolari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlari, amaliy koʻnikmalarini boyitish ham rejalashtirilgan.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026