Internet – yoşlarga imkoniyatmi yoki tahdid?
XX asr oxirida internet odamlar hayotiga keng kirib keldi. Bu texnologik yutuq jamiyat taraqqiyoti uçun yangi ufqlarni oçdi. “Uzoqni yaqin qildi” degan ibora aynan internetga nisbatan aytilgandek tuyuladi. Çunki odamlar minglab kilometr uzoqlikdagi insonlar bilan bir zumda muloqot qiliş, maktab loyihalari uçun kerakli maʼlumotlarni topiş yoki hatto keçki ovqat uçun retsept izlaş imkoniyatiga ega böldi.
Bugungi kunda internet turli yoşdagi insonlar uçun bebaho manbaga aylangan. Bilim oliş, yangiliklardan xabardor böliş, onlayn savdo qiliş kabi imkoniyatlar hayotimizni ança yengillaştirmoqda. Ayniqsa, elektron tijorat, bank xizmatlaridan foydalaniş, masofaviy işlaş kabi jarayonlar odatiy holga aylandi. Bu esa kundalik hayotda vaqt va kuçni tejaşga xizmat qilmoqda.
Biroq internetning salbiy taʼsirlarini ham inkor etib bölmaydi. Bugun bolalar va yoşlarning köpçiligi kunning asosiy qismini ekran qarşisida ötkazmoqda. Bu holat ularning hayot tarzi, ruhiy holati va jamiyatdagi örni bilan boğliq turli muammolarni keltirib çiqarmoqda.
Internetdan ortiqça foydalaniş oqibatida mustaqil fikrlaş salohiyati zaiflaşmoqda, çeksiz axborot oqimi esa yoşlarni çalğitib, bilim olişga bölgan qiziqişni kamaytirmoqda. Oqibatda real hayotdagi muloqot ikkinçi darajaga tuşib qolmoqda. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlardagi yolğon maʼlumotlar, manipulyatsiya va zararli kontent yoş ongga salbiy taʼsir körsatmoqda. Bu esa ularda befarqlik, yolğizlik, hatto depressiya holatlarini keltirib çiqarmoqda.
Soğliq nuqtai nazaridan ham internetdan haddan taşqari foydalaniş jiddiy muammolarga olib kelişi mumkin. Doimiy ravişda ekran qarşisida ötiriş köz salomatligiga zarar yetkazadi, notöğri holatda ötiriş esa gavda tuzilişini buzadi. Uyqu rejimi buzilişi va jismoniy faollikning kamayişi umumiy salomatlikka salbiy taʼsir körsatadi.
Şu bilan birga, davlat tomonidan yoşlar uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. “Yoşlar siyosati töğrisida”gi Qonun, “Yoşlar daftari” kabi taşabbuslar orqali ular bepul taʼlim oliş, kredit va grantlar asosida öqiş, kasb-hunar örganiş imkoniyatiga ega bölmoqda. Bu esa yoşlarning öz ustida işlaşi va kelajakka işonç bilan qaraşi uçun zamin yaratmoqda.
Afsuski, uşbu imkoniyatlar hamişa töğri yönaltirilmayapti. Ayrim yoşlar bu imkoniyatlardan unumli foydalaniş örniga vaqtini foydali bölmagan, baʼzan zararli kontentlar bilan ötkazmoqda. “Töqlikka şöxlik” degan ibora aynan şunday holatlarga mos keladi.
Köp yillik tajribaga ega ustozlarimizning fikrlariga köra, internet yoşlar uçun bilim va madaniyat eşiklarini oçgani barobarida yuzma-yuz muloqotning kamayişiga ham olib kelmoqda. Yoşlar virtual hayotda yaşaşga moyil bölib borayotgani esa ularda psixologik muammolar, özini past baholaş va yolğizlik hissining kuçayişiga sabab bölmoqda. Şu bilan birga, internetda tarqalayotgan sunʼiy standartlar va soxta ideallar yoşlarni hayotga nisbatan notöğri yondaşuvga olib kelayotgani taʼkidlandi.
Bularning barçasi şuni körsatadiki, internet hayotimizga katta qulaylik va imkoniyatlar olib keldi. Ammo u bilan birga muayyan tahdidlar ham mavjud. Şuning uçun internetdan foydalanişda ehtiyotkor böliş, vaqtni unumli sarflaş va real hayotga ham yetarliça eʼtibor qaratiş zarur. Ayniqsa, yoşlar internetdan faqat bilim oliş, şaxsiy rivojlaniş va ijobiy aloqalar örnatiş maqsadida foydalanişlari lozim. Şundagina internet tahdid emas, haqiqiy imkoniyatga aylanadi.
Maşhura Baxrinova, ÖzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
(Foto: kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶