XORIJIY TILLARNI ÖQITIŞ BÖYIÇA ENG YaXŞI MAKTAB ANIQLANDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2021-yil 19-maydagi Qaroriga asosan 19-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabda “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi.
Uşbu tanlovni ötkazişdan közlangan maqsad – maktablar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, ularda xorijiy tillarni öqitişning darajasi va sifatini oşirişni rağbatlantiriş, öqitiş sifati böyiça xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori körsatkiçlarga erişişga zamin yaratişdan iborat. Şuningdek, maktablarda xorijiy tillarni öqitiş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijadorligini tahlil qiliş, xorijiy tillar böyiça öquvçilarga sifatli taʼlim berayotgan, samarali faoliyat olib borayotgan öqituvçilarni aniqlaş va rağbatlantiriş, tanlovda yuqori körsatkiçlarni qayd etgan maktablarni rağbatlantiriş, ularning tajribasini ommalaştirişga eʼtibor qaratiş mazkur tanlov taşkilotçilarining asosiy vazifalariga kiradi.
Tanlov Nizomiga asosan har bir maktabdan bir nafardan ingliz, nemis yoki frantsuz tili böyiça 7- 9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar öquvçidan taşkil topgan bitta terma jamoa iştirok etişi belgilangan. Unga köra, tanlovda tumanimizning 70 ta umumtaʼlim maktablaridan 343 nafar öquvçi iştirok etdi.
Tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan 70 ta maktab 2022-yil sentyabr-dekabr oylarida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining axborot tizimiga Vazirlik tomonidan belgilangan asosiy körsatkiçlarini kiritdi va tizim tomonidan baholandi. Maktab terma jamoasining xorijiy tillarni biliş darajasi test topşiriqlari vositasida sinovdan ötkazildi. Test sinovlari barça tuman va şaharlarda bir vaqtda, 2023-yil 19-aprel kuni soat 11:00 da boşlandi va bir vaqtda, 12:30 da yakunlandi.
Xorijiy til biliş darajasini aniqlaşga qaratilgan test topşiriqlari 7-9-sinf öquvçilari uçun möljallangan bölib, topşiriqlar xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan 30 ta topşiriqdan iborat bölib, maktab terma jamoasining bali jamoa aʼzolari töplagan jami ballarni 5 ga bölgan holda aniqlandi va asosiy körsatkiçlarga qöyilgan ballar qöşilgan holda maktabning umumiy natijasi aniqlandi.
Umumiy natijaga asosan eng yuqori ball töplagan maktablar ballar ketma-ketligiga köra, 1-örinni tumanimizning 40-sonli maktabi, 2-örinni- 30-sonli maktab, 3-örinni 56-sonli maktablar egalladi. Tuman bosqiçida 1-örinni kölga kiritgan maktab Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida qatnaşiş huquqiga ega böldi.
Tanlov nizomiga köra, ğoliblar Özbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi, yaʼni, tuman yoki şahar bosqiçida 1-örin uçun — 100 million söm, 2-örin uçun — 75 million söm, 3-örin uçun — 50 million söm. Mukofot pullari tuman yoki şahar mahalliy byudjetlari hisobidan ajratiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçida 1-örin uçun — 250 million söm, 2-örin uçun — 200 million söm, 3-örin uçun — 150 million söm mukofot puli ajratilgan bölib, uşbu mablağ Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy byudjetlari hisobidan ajratilişi belgilangan.
Özbekiston Respublikasi bosqiçida esa 1-örin uçun — 500 million söm, 2-örin uçun — 400 million söm, 3-örin örin uçun — 300 million söm pul mukofotlari beriladi va mablağ respublika byudjetidan va Xalq taʼlimi vazirligining markazlaşgan xarajatlariga ajratiladigan mablağlar hisobidan qoplanadi.
Biz tanlovning tuman bosqiçi ğoliblarini çin dildan tabriklaymiz va keyingi bosqiçlarda omad tilaymiz.
Ravşan BAHROMOV

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶