Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 60-sessiyasi töğrisida axborot
2023-yil 25-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 60-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya işida tuman Kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 7-Oybek saylov okrugidan deputat Saʼdulla Sodikov saylandi.
Sessiyada dastlab Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan 2023-yilning dastlabki 3 oyi davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan sud raisi Qayrulla Atamuratovning axboroti tinglandi. Axborotda keltirib ötilganidek, mazkur davr mobaynida sud tomonidan 1393ta iş körib tamomlangan. Şuningdek, buyruq tartibida jami 884 arizalar böyiça sud buyruği çiqarilgan.
Şundan keyin Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan 2023-yilning1-çoragi davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan sud raisi Asqar Safarov axborot berdi. Axborotda 3 oy mobaynida 29ta iş böyiça 39 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işi böyiça ayblov hukmi çiqarilib, 13 ta iş böyiça 13 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işi xarakatdan tugatilgani, 3ta iş böyiça 4 nafar şaxsga nisbatan oqlov huqmi çiqarilgani qayd etildi.
Sessiya işida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyatini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimi – 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşevning hisobotida taʼkidlanganidek, joriy yilning 3 oyi mobaynida sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida 30,7 mlrd. sömlik 26ta loyihalar işga tuşirilib, 132ta yangi iş örinlari yaratilgan.
3-sektor rahbari – tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamaladdin Yusupov öz hisobotida joriy yilning 3 oyi davomida “Bandlik” dasturiga muvofiq Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan 138 nafar fuqarolar işga joylaştirilganini, ijtimoiy himoyaga muhtoj 25 nafar fuqaro esa reablitatsiya-texnik vositalari va kreslo-aravaçalar bilan taʼminlanganini aytib ötdi.
4-sektor rahbari – tuman DSI boşliği Aydos Seyitov hisobotida qayd etib ötilganidek, sektor hududida yaşovçi 40 nafar işsiz fuqarolar kasbga öqitilgan, 112 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikini boşlaşlari uçun 1 mlrd 904 mln. sömlik kreditlar ajratilgan.
Sessiya işida tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi taşkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan işlaş holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi. Axborotda qayd etilganidek, 2023-yilning 1-çoragi davomida tuman aholisi tomonidan yöllangan murojaatlarning aksariyati bolalar nafaqasini tayinlaş, aliment undiriş, iş bilan taʼminlaş, moddiy yordam, soğliqni saqlaş va tabiiy gaz bilan boğliq muammolar haqida bölgan.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik Jamaladdin Yusupovning hisoboti tinglandi. Hisobotda taʼkidlanganidek, tumanda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida ötgan 3 oyda qayd etilgan jami jinoyatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 45 tadan 40 ga yaʼni 5 taga kamayişiga erişilgan.
Sessiya davomida tuman Adliya bölimi tomonidan 2023-yilning dastlabki 3 oyi davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan Adliya bölimi boşliği Mansur Sadikovning hisoboti tinglandi. Hisobotda aytib ötilganidek, bölim tomonidan 3 oy davomida jami 43 ta davlat organlari va taşkilotlariga 179 ta qonun va qonunosti aktlari yetkazilgan.
Sessiya işida “Taşabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumi doirasida 2 mingdan ortiq ovoz töplab, qöşimça tarzda ğolib bölgan 9 ta taşabbuslar loyihasini ğoliblar qatoriga qöşiş böyiça tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayev tomonidan taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Sessiya kun tartibida Amudaryo tumani hokimligi Bolalarni himoya qiliş şöʼbasining joriy yilning 1-çoragi davomidagi faoliyati yuzasidan şöʼba mudiri Jahongir Xolmurodovning axboroti tinglandi. Taʼkidlab ötilganidek, voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarlikning oldini oliş maqsadida hamkor taşkilotlar bilan birgalikda hozirgi kunga qadar 78 ta “Öquvçi”, “Tungi reyd”, “Tiğ” va ”Davomat” tadbirlari ötkazilgan.
Sessiya işida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon xöjaliklari taşkil etişni qöllab-quvvatlaş orqali aholi daromadlarini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Palvonov hisobot berdi. Hisobotda dehqon xöjaliklarini taşkil etiş, çorvaçilik, paxta-ğallaçilikni rivojlantiriş maqsadida zahira yer maydonlarini oçiq elektron tanlovga qöyiş böyiça taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Sessiya işida kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça körib çiqilib, tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶