Oʻquvchilarga milliy musiqa cholgʻu asboblarida kuy ijro etish koʻnikmalari oʻrgatilmoqda
Maʼlumki, Prezidentimizning “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 112-son Qarorida joriy oʻquv yilidan boshlab, taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning musiqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga boʻlgan muhabbatni shakllantirish, yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Shunga koʻra umumtaʼlim maktablarida milliy musiqa cholgʻu asboblarida kuy ijro etish koʻnikmalari oʻrgatilmoqda.
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham musiqa oʻqituvchisi Shoira Yoqubova rahbarligida «Do, mi, sol» toʻgaragi tashkil etilgan. Amaliy toʻgarak va fakultativ darslar davomida milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etish boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etilib, oʻquvchilarning qiziqishlari oshirilmoqda. Oʻquvchilar mashgʻulotlarda dutor, qashqar rubob, doira kabi milliy musiqa asboblarini chalishni oʻrganishmoqda.
Yaqinda maktabning «Do, mi, sol» toʻgaragi aʼzolari ishtirokida tayyorlangan hisobot kontserti namoyish etildi. Kontsertda oʻquvchilar oʻzlarining iqtidorlarini, cholgʻu asboblarini chalish boʻyicha mahoratlarini va sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini koʻrsatib, olqishlarga sazovor boʻlishdi. Qiziqarli oʻtgan kontsert va oʻquvchilarning ijrolari barchaga manzur boʻldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶