“KONSTITUTsIYa VA YoŞLAR” MAVZUSIDA SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Konstitutsiyamiz mustaqil, suveren demokratik davlat barpo etiş, inson manfaatlari, huquq va uning himoyasini kafolatlaş, şuningdek, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan fuqarolik jamiyatini şakllantirişning asosiy poydevoridir.
Şaxs, jamiyat va davlat uçun eng muhim bölgan qoidani özida ifoda etib, mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasini taşkil etişni huquqiy mustahkamlaşga xizmat qiluvçi Boş Qomusimizning har bir bölim, bob va moddasining hayotimizdagi ahamiyati va örnini yoş avlodga çuqur yetkaziş maqsadida Qoraqalpoq Davlat Universitetining dotsenti, yuridika fanlar nomzodi Qurbonboy Saidnazarov iştirokida “Konstitutsiya va yoşlar” mavzusida seminar taşkil etildi.
Şu yil 5-may kuni 35-sonli maktabda bölib ötgan uşbu seminarda 35-, 17-, 73-, 83-sonli maktablarning tarix va davlat huquq asoslari fani öqituvçilar hamda maktabning 11-sinf öquvçilar qatnaşişdi.
Seminarda yuridika fanlar nomzodi Qurbonboy Saidnazarov sözga çiqib, yaqinda bölib ötgan referendum va şu yil 1-maydan kuçga kirgan Özbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi xususida gapirdi.
Taʼkidlanganidek, insoniyat tarixiga nazar taşlar ekanmiz, farovon jamiyat barpo etişni orzu qilgan, inson qadri aziz bölgan adolatli davlat qurişni öz oldiga maqsad qilgan har qanday xalq davlat va huquq taraqqiyotining maşaqqatli va şarafli yölini bosib ötganiga guvoh bölamiz. Sönggi yillarda xalqimiz yangi uluğvor marralar sari sobit qadamlar taşlagança barça tösiq va qiyinçiliklarni yengib ötib, mohiyatan bir-birini taqozo etuvçi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalardagi izçil islohotlarni amalga oşirmoqda.
Seminar davomida Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 30-aprel kuni ötkazilgan referendum yakunlari töğrisida qaror qabul qilingani, Qarorga asosan, “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni referendumda umumxalq ovoz beriş orqali qabul qilingan deb tan olingani, Qonun mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kun – 1-maydan eʼtiboran kuçga kirgani töğrisida maʼlumot berildi. Şuningdek, yangi Konstitutsiya 6 bölim, 155 moddadan iboratligi, endilikda Konstitutsiya normalariga tegişli qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinişidan yoki mavjudligidan qatʼiy nazar, töğridan-töğri amal qilinişi taʼkidlab ötildi.
Undan taşqari, bunga qadar 1992-yildan buyon Konstititutsiyaga jami 15-marta özgartiş kiritilgani, bu safar esa özgarişlar kölami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilingani, yangilaniş natijasida, boş Qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oşgani töğrisida ham maʼlumotlar berildi. Uşbu Konstitutsiyada öqituvçilar alohida eʼtirof etilgani, öqituvçilar haqida 2 banddan iborat yangi modda qöşilgani haqida ham aytib ötildi.
Şundan söng, öqituvçi va öquvçilar yangi Konstitutsiya böyiça özlarini qiziqtirgan savollarni berib, töliq javoblar oldilar.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶