Amudaryo tumanida 9-may − Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan tadbir ötkazildi
8-may kuni Manğit şahridagi Xotira maydonida 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiliş organlari vakillari, front orti mehnat faxriylari, deputatlar, muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbir avvalida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Şundan söng tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev sözga çiqib, mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlaş kunini keng nişonlaş, Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan ajdodlarimiz xotirasiga çuqur hurmat bajo keltiriş, faşizmga qarşi janglarda, mehnat frontida jonbozlik körsatgan faxriylarimizga eʼtibor va ehtirom körsatiş, yoşlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaşga hissa qöşayotgan faxriylarni eʼzozlaş borasida qilinayotgan işlar haqida töxtalib ötdi.
Taʼkidlanganidek, oramizda bölgan uruş va mehnat fronti faxriylari davlatimiz va jamiyatimizning doimo eʼzozida bölib, ularning insoniyatni faşizm balosidan qutqariş yölida qilgan fidoiyliklari kelgusi avlodlarimiz uçun ibrat maktabidir.
Tadbirda “Nuroniylar” jamoatçilik Kengaşi raisi örinbosari Bekmon ota Allaberganov faşizm ustidan qozonilgan Ğalabaga munosib hissa qöşgan har bir yurtdoşimizning xotirasi kelgusi avlodlarimiz qalbida mangu yaşaşini, uruş yillarida front ortida mardonavor mehnat qilib, xalq xöjaligining tiklanişiga munosib hissa qöşgan mehnat faxriylari avlodlar uçun matonat va fidoylik timsoli ekanligini taʼkidladi.
Şundan söng, marhumlar ruhiga Qurʼon tilovat qilinib, harbiy orkestr musiqasi ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulçambarlar qöyildi.
Söngra tadbirning Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy qismi boşlandi. Isteʼdodli yoşlar Ikkinçi jahon uruşi yillarida yurtdoşlarimiz çekkan azob-uqubatlarni mohirlik bilan sahna körinişlari orqali gavdalantirib berdilar.
Tadbirda tumanimizning taniqli xonandalari Vatan, tinçlik va osudalik, bugungi farovon va gözal hayotni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar ijro etişdi.
Tadbir tugagaç, mehmonlar Xotira maydoni yonida qad rostlagan tuman tarixi muzeyida bölib, tarix sahifalarini özida aks ettiruvçi eksonatlar bilan tanişdilar. Söngra tadbir iştirokçilari Xotira maydonidagi ramziy kitob sahifalarini varaqlab, uruşda şahid ketgan ajdodlarimiz nomlarini, ularning jasoratlarini yodga olişdi. Qonli janggohlardan omon qaytgan, mehnat frontida fidoyilik namunalarini körsatib, xalq xöjaligining qayta tiklanişiga hissa qöşgan yurtdoşlarimiz nomlarini iftihor bilan tilga olişdi.
Söngra tuman hokimi, sektorlar rahbarlari va boşqa masʼullar Ikkinçi jahon uruşi va uruşdan keyingi tiklaniş yillarida xalq xöjaligining turli jabhalarida mehnat qilib, fidoyilik namunalari körsatgan fron orti mehnat faxriylari xonadonida bölişdi. Mehnat faxriylariga sovğalar topşirilib, ularning yaşaş şaroitlari, oilaviy ahvolidan xabar olindi.
Xotir va qadrlaş kuni şu yurtda yaşayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon uçun bevosita daxldor, har bir yurtdoşimiz hayotida öziga yaraşa iz qoldirgan tarixiy sanadir. Sababi, Ikkinçi jahon uruşi millionlab insonlar qatori kimningdir bobosi yoki buvisi, yana kimningdir ota-onasi yoki yaqinlarining bevaqt ölimiga sabab böldi. Olovli janglarda halok bölgan ajdodlarimizning tabarruk qoni, öz jonini xatarga qöyib yurtini asragan ota-bobolarimizning matonati, tunu-kun ormidan keçib, front ortida zahmat çekkan yurtdoşlarimizning peşona teri evaziga qölga kiritilgan Ğalaba barçamiz uçun qadrlidir. Bu yölda halok bölganlarning xotirasi qalbimizda abadiy, şu kunlarga yetgan tabarruk bobo va momolarimizning qadri esa hamma narsadan uluğdir!
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶