ÇOYKÖLLIK KITOBXON YoŞLAR UÇUN “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI ÖTKAZILDI
Yaxşi kitob – bamisoli javohirot sandiği. Undan bahramand bölgan sari insonning qalbi yangilanadi, ezgu işlar qilmoqqa şaylanadi. Yuragidagi ğubor tarqab, tugunlar yoziladi. Şuning uçun ham kitobxon inson bilan kitob öqimagan inson örtasida yer bilan osmonça farq bor. Kitobxon inson öz dunyoqaraşining kengligi, fikrining teranligi bilan boşqalardan ajralib turadi. Prezidentimiz yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiruvçi beqiyos qudratli kuç – kitob ekanligini tez-tez takrorlab turişlari bejiz emas. Çunki kitob mutolaasi yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiribgina qolmay, ularning hayotda töğri yöl tanlaşlarida muhim ahamiyatga ega.
“Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan bu borada keng qamrovli tadbirlar amalga oşirilmoqda. Tahririyatning “Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” mavzusidagi grant loyihasi doirasida barça toifadagi yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida joylarda taşkil etilayotgan uçraşuvlar, davra suhbatlari, körik-tanlovlar, samimiy muloqot tadbirlariga nogironligi bölgan öquvçi-yoşlar ham qamrab olinayotgani özining ijobiy samarasini bermoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 12-may sanasida Çoyköl ovuli hududidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beş muhim taşabbusning törtinçisi aynan yoşlar kitobxonligini rivojlantirişga qaratilgani çoyköllik yoşlar hayotida ham öz aksini topmoqda. Bugungi kunda ovul hududidagi 3 ta umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan öquvçi-yoşlarning kitob mutolaasi uçun vaqt ajratişlariga yetarli şart-şaroit mavjud. Çunki hududdagi umumtaʼlim maktablari, şuningdek, Çoyköl madaniyat markazida kutubxonalar faoliyati yölga qöyilgan. 22-sonli maktab kutubxonasi esa doimo yoş kitobxonlar bilan gavjum böladi. Mazkur kutubxonada faoliyat olib boruvçi Şahnoza Yendirboyeva har bir kitobxon bilan, ayniqsa, nogironligi bor bölgan öquvçi-yoşlar bilan turli mavzularda suhbatlar olib boradi, kitobxon öquvçilarni qiziqtirgan savollarga javob beradi. Salkam 500 nafar aʼzosi bölgan maktab kutubxonasi bugungi kunda haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylangan.
“Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” mavzusidagi grant loyihasi doirasidagi “Kitoblar karvoni” tadbirida “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyuşmasi aʼzosi Örozali Reyimov NNT huzuridagi kutubxonaga olib kelingan yangi adabiyotlar körgazmasini taşkil etdi. Tadbirda 22-sonli maktab direktori Azimjon Bekberganov, “Mening oilam” gazetasi maxsus muxbiri, “Beş muhim taşabbus – yoşlarga qanot” loyihasi koordinatori Robiya Yöldoşevalar iştirok etişib, nogironligi bölgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning isteʼdodlarini yuzaga çiqariş borasida tahririyat ijodiy jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati va ulardan kutilayotgan natijalar xususida söz yuritdilar.
Bugungi kunda 600 dan ortiq kitob jamğarmasiga ega bölgan “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasining köçma “Kitoblar karvoni” tadbiri çoyköllik yoşlar uçun yanada qiziqarli adabiyotlar bilan tanişiş imkonini yaratdi. Yoş kitobxonlar “Kitoblar karvoni” körgazmasi orqali taqdim etilgan asarlarni qiziqiş bilan varaqlab, albatta “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasiga aʼzo böliş istagini beldirdilar. Nogironligi bölgan kitobxon yoşlarning özlari yoqtirgan asarlarni mutolaa qilişlariga şaroit yaratiş maqsadida hududdagi maktablarning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçilari alohida röyxat tuziş orqali bunday toifadagi kitobxon yoşlarni qöllab-quvvatlaş va albatta ular xohlagan badiiy adabiyotlarni beminnat yetkazib berişni yölga qöyişlarini bildirdilar.
Kitob – möʼjizalar olami. Kitobxon ana şu möʼjizalar olamiga kirgan sari zakovatli, har qanday vaziyatda fikrini erkin ifoda etaoladigan şaxs sifatida kamol topadi. Çoyköllik yoşlar uçun taşkil etilgan “Kitoblar karvoni” tadbiri aynan ana şunday zakovatli insonlarni kamol toptirişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida kitobxon yoşlar özlari sevib öqigan badiiy asarlar qahramonlari hayotidan olgan taassurotlari haqida tölqinlanib sözladilar. Şeʼrlar aytişib, özlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Kitobxon yoşlar bilan “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodkorlari, şuningdek, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyuşmasi aʼzosi, şoir Örozali Reyimovlar samimiy muloqotda böldilar va kitobxon yoşlarning barça savollariga javoblar berdilar.
Ravşan BAHROMOV, Mahmudjon ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶