NUKUS ŞAHRIDAGI IXTISOSLAŞTIRILGAN SANʼAT MAKTAB-INTERNATINING KÖRGAZMALI TADBIRI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida Qoraqalpoğiston Respublikasi ixtisoslaştirilgan sanʼat maktab-internati tomonidan öquvçilarni öqişga jalb etişga qaratilgan körgazmali tadbir ötkazildi.
12-may kuni bölib ötgan uşbu tadbirda mazkur maktab-internat öqituvçilari Bayram Nurimbetov, Bahodir Turkmenboyevlar, tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabovalar iştirok etişdi. Şuningdek, tumandagi umutaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosarlari, öqituvçilar va öquvçilar ham taşrif buyurişdi.
Tadbir davomida maktab-internat öqituvçilari öquv maskanida kelasi öquv yilida taşkil etiladigan yönalişlar töğrisida maʼlumotlar berişdi. Taʼlim dargohida köp asrlik tarixga ega xalqimizning milliy qadriyatlari, sanʼatini davom ettiriş va yangilaş, şuningdek, iqtidorlarini yuzaga çiqarişlariga imkoniyat va şaroitlar yaratilganini aytib ötişdi.
Taʼkidlanganidek, mazkur maktab-internatda taʼlim olib kelayotgan öquvçi-yoşlar Respublika va xalqaro miqyosda ötkazilib kelinayotgan turli tanlovlarda faol qatnaşib kelmoqda va öz iqtidorlarini namoyiş etib, faxrli örinlarni qölga kiritib kelişmoqda.
Ötgan yili iqtidorli yoşlar körik-tanlovida maktab-internat öquvçisi Rayhon Navrözboyeva ğolib böldi va oliy öquv yurtiga kiriş imtiyozini beruvçi sertifikatga ega böldi. Ikki nafar öquvçi esa çet tili fanidan V2 darajali sertifikatni olişga muyassar bölişdi.
Joriy yilda ötkazilgan anʼanaviy xalqaro rassomlik va sanʼat festivalida maktab-internat öquvçilari 1-, 2-, 3-örinlarni egallab, oltin, kumuş, bronza medallar va 100 nafardan ziyod öquvçi diplom hamda sertifikatlarga ega bölişdi.
Maktab-internatda olis hududlar va tumanlardan keladigan bolalar uçun yotoqxona, 4 mahal ovqat berilişini, şuningdek öquv xonalarida ham zamonaviy axborot-texnologiyalarida maşğulotlar ötiş uçun şaroitlar yaratilgani töğrisida maʼlumotlar berildi. Maktab-internatda rangtasvir, liboslar dizayneri, interer dizayneri, kulolçilik, gilam töquvçisi, kaştaçilik, yoğoç öymakorligi ustasi kabi yönalişlarda öquv maşğulotlari taşkil etilgani va maktabni tugatgan 11-sinf öquvçilariga tugatgan yönalişlari böyiça davlat namunasidagi örta-maxsus maʼlumotli mutaxassislik diplomi berilişini ham aytib ötildi.
Tadbirda maktab-internat öqituvçilari Bayram Nurimbetov, Bahodir Turkmenboyevlar tasviriy sanʼat böyiça mahorat darsini ötişdi. Maşğulot davomida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalaniş samarasi, dars samaradorligini oşiriş kabilar töğrisida maʼlumotlar berildi.
Şundan söng, öquvçilar örtasida rasmlar tanlovi ötkazildi. Tanlovda “Barkamol avlod” bolalar maktabi va umumtaʼlim maktablari öquvçilari faol iştirok etib, öz iqtidorlarini, ranglardan mohirona foydalana bilişlarini, ustozlaridan örgangan mahoratlarini körsatişdi.
Tanlov yakunida “Barkamol avlod” bolalar maktabining 1-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil etilgan “Tasviriy sanʼat” tögaragi öquvçisi Maftuna Nurimbetova 1-örinni qölga kiritdi va Qoraqalpoğiston Respublikasi ixtisoslaştirilgan sanʼat maktab-internatiga imtihonsiz qabul qiliniş imkoniyatiga ega böldi. Tanlovning barça ğoliblariga taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliq va sovğalar topşirildi.
Tadbir yakunida maktab-internat öqituvçilari tumandagi maktablar öqituvçi va öquvçilarini öquv dargohida yaratilgan şaroitlar va imkoniyatlar bilan yanada yaqinroq tanişiş uçun şu oyda bölib ötadigan “Oçiq eşiklar kuni” tadbiriga taklif etişdi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶