28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:11
Qishloq xoʻjaligi 👁 357

TOʻLQIN OVULI DEHQONLARI GʻOʻZA PARVARIShINI AVJ OLDIRMOQDALAR

TOʻLQIN OVULI DEHQONLARI GʻOʻZA PARVARIShINI AVJ OLDIRMOQDALAR

Gʻoʻza – mamlakatimizda uzoq yillardan beri ekiladigan asosiy ekinlardan biri. Oʻzbekiston ayni kunda ham paxta yetishtirishda dunyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Bu mehrtalab, parvarishtalab ekinni yetishtirish yaqin-yaqingacha mashaqqatli soha hisoblanib kelingan. Ammo hozirgi kunda ilm-fan yutuqlariga asoslangan, kam xarajat sarflab, tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapishar, kasallik va zararkunanda hasharotlarga chidamli, tabiat injichliklariga bardoshli gʻoʻza navlari yetishtirilib ekilayotgani, sohadagi koʻpgina ishlar texnika zimmasiga yuklanayotgani dehqonlarga chinakam yengillik yaratayotir. Gʻoʻza parvarishidagi agrotexnologik tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli ado etilishi kuzgi moʻl hosilga zamin hozirlaydi.

Shunisi eʼtiborliki, keyingi yillarda chigit ekiladigan dalalar koʻp yillik begona oʻtlardan tozalanib, lazer tekislagich yordamida tekislanib ekishga sifatli tayyorlanmoqda. Bu ekilgan urugʻning tekis unib chiqishiga, yaxshi rivojlanishiga zamin boʻladi.

Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida paxtachilik bilan shugʻullanayotgan fermer xoʻjaliklarida moʻl hosil yetishtirishning barcha chora-tadbirlari amalga oshirib kelinayotgani bois, har yili moʻl daromad olinayapti. Ayni kunda ovuldagi barcha paxta dalalarda sifatli ekilgan chigitlar unib chiqib, yashil qatorlar hosil qildi. Gʻoʻza nihollarini parvarishlash ishlari oʻz vaqtida ado etilayotir. Gʻoʻza yaganasi sifatli tamomlandi, ilk ishlov berish, yaʼni kultivatsiyalash ham yakunlanish arafasida.

Bu tadbirlar ayniqsa Sardor Matnazarov rahbarlik qilayotgan “Matnazarov Sodiqbek” fermer xoʻjaligida sifatli olib borildi. Yagana qilingan, kultivatsiya qilinib, tagi yumshatilib, oziqlantirilgan gʻoʻza nihollari durkun rivojlanmoqda.

Ushbu xoʻjalikning 81 gektar paxta maydoniga joriy yilda ertapishar, tuproq-iqlim sharoitiga mos “Sulton” navi ekildi. Yerlarni ekishga tayyorlashdan tortib, ekish ishlari ham xoʻjalikning oʻz texnikalari yordamida ado etildi. Mexanizatorlar Otajon Soliyev, Olim Soliyev, Davron Otajonov, Jamshid Toʻraboyevlar bu ishlarda jonbozlik koʻrsatib ishladilar.

Shu kungacha barcha maydonlarga ekilgan chigitlar bir tekis unib chiqdi va sifatli yagana qilindi. Gʻoʻza qator oralarini kultivatsiyalash ishlari ham poyoniga yetay deb turibdi.

Xoʻjalikda paxtadan tashqari 23 gektar bugʻdoy, 2 gektar bogʻ, 1 gektar kartoshka, 1 gektar qovun-tarvuz ekilgan. Jami ekin maydonlari 73 nafar pudratchilarga boʻlib berilgan. Ular oʻzlariga biriktirilgan yerlarda moʻl hosil yetishtirish uchun parvarishni qizitmoqdalar.

Ovuldagi “Azimjon Vaysak” fermer xoʻjaligidagi 63 gektar paxta maydonlaridagi gʻoʻzalar ham yagana qilinib, kultivatsiyalandi.

Shuningdek 22 gektar maydonga ekilgan “Krasnodar” navli bugʻdoy ham sifatli parvarish qilinayotir. Meʼyorida oziqlantirilib, begona oʻtlardan, zararkunanda hasharotlardan himoya qilingani bois, barcha dalalarda moʻl hosil toʻplandi. Boshoqlari egilib turgan bugʻdoyzorlardagi hosilning yigʻim-terimiga ham hozirlik koʻrilayotir.

Xalqimiz rizqi – dehqon mehnatidan. Buni sidqidildan his qilib, barcha ekinlardan yuqori hosil yetishtirishga intilayotgan mirishkor-u mexanizatorlarga tolmas kuch-quvvat tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026