BOŞLANĞIÇ SINFLAR ÖQUVÇILARIGA BERILAYoTGAN YeNGIL NONUŞTA TAYYoRLANIŞI VA TARQATILIŞINI OMMALAŞTIRIŞGA OID SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi 2022-yil 28-yanvardagi Farmoniga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi boşlanğiç sinf öquvçilarini bosqiçma-bosqiç bepul ovqat bilan taʼminlaş tizimini yölga qöyiş belgilangan edi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustda 472-sonli qarori qabul qilindi. Uşbu qaror ijrosi yuzasidan tumanimizda muayyan işlar qilinmoqda. Mavjud 85 ta umumiy örta taʼlim maktablarining 1-4-sinflari öquvçilarini bepul ovqatlantiriş taşkil etilgan va hozirgi kunga qadar davom ettirilmoqda.
Amudaryo tumanidagi 85 ta maktablarning jami boşlanğiç sinflarining14 ming 769 nafar öquvçilariga 4 ta masʼuliyati çeklangan jamiyatlar tomonidan yengil nonuşta yetkazlib berilmoqda, “Şoxnur Azatoviç”, “Navröz”, “Manğit milk”, “Tabassum” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari tomonidan maktablar kesimida yengil nonuşta yetkazalib berilmoqda.
Şuni eʼtirof etiş kerakki, öquvçilarga sifatli yengil nonuşta tayyorlaş va yetkazib berişda “Navröz” masʼuliyati çeklangan jamiyati bazasi Qoraqalpoğiston Respublikasida eng namunali baza deb topildi. Bu yerda tumanimizdagi 30 ta maktabning 4983 nafar boşlanğiç sinf öquvçilariga keytering usulida yengil nonuşta tarqatib kelinmoqda. Taomnomadagi oziq-ovqat mahsulotlarining 60 foizi jamiyatning özida işlab çiqariladi va şu kunning özida qadoqlanib, 30 ta maktabga yetkazib berilmoqda. Ötkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida işçi guruh aʼzolari 1-4-sinflar öquvçilariga berilayotgan yengil nonuşta mahsulotlarining tayyorlanişi va tarqatilişini közdan keçirib, jarayon namunali yölga qöyilganligini qayd etişmoqda.
“Navröz” masʼuliyati çeklangan jamiyatida amalga oşirilayotgan öquvçilarga yengil nonuşta tayyorlanişi va yetkazilib berilişi borasidagi saʼy-harakatlar nafaqat tumanimizda, balki, respublika miqyosida ham ibratga loyiq. Şuning uçun ularning tajribalarini ommalaştiriş, kelgusi 2023-2024 öquv yilidan barça viloyatlarda tatbiq etiş maqsadida yaqinda amaliy seminar bölib ötdi.
“Navröz” masʼuliyati çeklangan jamiyatida bölib ötgan amaliy seminarda Qoraqalpoğiston respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari, barça viloyatlar Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmalarining soğlom ovqatlantiriş bölimi boşliqlari, viloyat sanitoriya epidemiologiya osoyiştaligi va jamoat salomatligi bölimi boşliqlari, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari iştirok etdilar.
Aytiş kerakki, maktablarda 1-4-sinflar öquvçilarini soğlom ovqatlantiriş maktablarning oşxonalarida va sinf xonalarida sanitariya va gigiyena qoidalari, normalari talablariga mos şart-şaroitlar yaratilgan holda taşkil etilmoqda. Bu borada maktablarda maxsus komissiyalar taşkil qilingan bölib, komissiya tarkibiga maktabning direktori, hamşira, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari, maktabning amaliyotçi psixologi va sinf rahbarlari va ota-onalar vakillari kiritilgan. Ular kunlik hisobotlarini, 1-4-sinf öquvçilar davomatini tuman Xalq taʼlimi bölimiga har kuni berib boradi va hisobotlar umumlaştirilib, kundalik.com tizimi bilan soliştirilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligiga yetkaziladi.
Şuningdek, umumiy örta taʼlim maktablarining boşlanğiç sinf öquvçilarini keytering usulida bepul ovqatlantirişning standart talablariga mosligini kundalikli körikdan ötkazib borişi böyiça tuman hokimligining bayoni asosida işçi guruh tuzildi va uşbu guruh ham öquvçilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan talablarga mosligini, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berişini, oziq-ovqat mahsulotlarining taomnomaga mosligi va miqdorlarini körikdan ötkazib turadi.
Seminarda iştirokçilar boşlanğiç sinflar öquvçilariga menyu böyiça yengil nonuşta, yaʼni qumoq xamirli peçene, yonğoqli keks tayyorlaniş jarayoni körsatib berildi. Bu işlarda sanitariya qoidalari va normalariga töliq rioya qilinişiga eʼtibor qaratildi. Şuningdek, mevalarning maxsus sovutgiçda saqlanişi, tayyor mahsulotlarning konteynerlarga joylaştiriliş jarayoni va maxsus avtomaşinalarda belgilangan maktablarga yetkaziliş amaliyoti ham körsatib berildi.
Seminar iştirokçilari “Navröz” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Ozod Qurbonboyevdan özlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶