IQTIDORLI YoShLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI
Tumanimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab quvvatlash, isteʼdodini yuzaga chiqarish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 57-sonli maktabga Zulfiya mukofoti sovrindori Barno Samandarova, IT va media boʻyicha Shohida Adamova, sport va salomatlik boʻyicha Feruza Matyakubovalar tashrif buyurdi. Maktab psixologi A.Djumanova hamda ijodkor oʻquvchilar ularni koʻtarinki ruhda kutib oldilar.
Davra suhbati davomida yosh ijodkorlarning sheʼrlari tinglanib, savollariga javoblar berildi. B.Samandarovaning yutuqlari, ularga qanday erishganligi, maqsadi yoʻlida tinib-tinchimaganini, hattoki oilasidan unga birinchilardan, ota-onasining mehnatlari beqiyos ekanligini, ustozlarining mehnatlari beqiyosligini ham aytib oʻtdi. IT va media boʻyicha Shohida Adamova, sport va salomatlik boʻyicha Feruza Matyakubovalar ham oʻzlarining yutuqlari va sayohatlari haqida gapirib oʻtdi.
Oʻquvchilarga davra suhbati juda manzur boʻldi. Ular ham kelajakda yurtga foydasi tegadigan, ota-onamiz, ustozlarimiz faxrlanib yuradigan inson boʻlamiz deb oldilariga maqsad qoʻyishdi.
Adolat Hasanova, 57-sonli maktab IMMB targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶