“BUYuK IMKONIYaT – YoRQIN KELAJAK” TARMOQLI MARKETING TIZIMI FAOLIYaTIGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR-TRENING TAŞKIL ETILDI
“Buyuk imkoniyat – yorqin kelajak” tarmoqli marketing savdo tizimida faoliyat yuritiş böyiça seminar-trening va tizimda yuqori natijalarga erişgan liderlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Şu yil 20-may kuni tuman Madaniyat va turizm bölimining kontsertlar zalida bölib ötgan mazkur tadbirni “Buyuk imkon – yorqin kelajak” loyihasining oltin jamoasi sardorlari Minavar Sobirova hamda Gavhar Matyoqubovalar taşkil qildilar. Tadbirga kelgan mehmonlar, marketing tarmoği liderlari “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasining karnay-surnay navolari ostida tantanali ravişda kutib olindi.
Aholi, ayniqsa, yoşlarning kitobxonlik va moliyaviy savodxonlik madaniyatini oşiriş, ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida faoliyat olib borayotgan “Buyuk imkoniyat – yorqin kelajak” tarmoqli marketing savdo tizimi hamkorlarining uşbu tadbirida marketing asosçilari Rustam Mirzamatov va Alijon Isroilovlar ham iştirok etişdi.
Sözga çiqqanlar uşbu savdo tizimi 2022-yildan öz faoliyatini boşlagani, loyiha asosçilari Alijon Isroilov va Rustam Mirzamatovlar onlayn usulda özini özi band qiliş, daromad topiş, şu bilan birga kitobxonlikni rivojlantiriş kompaniyasini taşkil qilişgani va qisqa davr mobaynida samarali natijalarga erişilayotgani xususida maʼlumot berib ötdilar. Şuningdek, loyihaga köra jamoaviy tarzda kitob savdosini marketing usulida yölga qöyiş orqali özini özi band qiliş, daromad topiş va yutuqlarga erişiş mumkinligi tuşuntirildi. Uşbu loyihadagi marketing savdosidagi faoliyat davridagi imtiyozlar, işlaş tartibi haqida maʼlumotlar berildi. Loyiha böyiça marketing tizimida faoliyat yuritib kelayotganlar safida pensionerlar, imkoniyati çeklanganlar hamda turli taşkilotlarda xizmat qilib kelayotganlar borligi, hamjihatlikda iş olib borişayotgani haqida aytib ötişdi.
Taʼkidlanganidek, “Buyuk imkon – yorqin kelajak” loyihasining asosiy maqsadi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasida çakana savdo qoidalariga kiritilayotgan qöşimçalar»ga asoslangan tarmoqli marketing yönalişida biznes, şu yönalişda ommaviy onlayn taqdimotlar, biznes-treninglar ötkazişdan iborat. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi qarorida körsatilganidek, 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va qöllab quvvatlaş Milliy Dasturi asosida yoşlarning, aholining kitobxonlik va moliyaviy savodxonlik madaniyatini oşiriş, öquv-seminarlar taşkil qiliş, investitsiya yönalişidagi video qöllanma va öquv darsliklari bilan taʼminlaş kabilarga ham eʼtibor qaratiladi. Undan taşqari, fuqarolarni uşbu loyihada birga işlaşga taklif etiş orqali kambağallikni qisqartiriş, işsizlikni bartaraf qiliş va tobora avj olib borayotgan boqimandalik kayfiyatini yöqotişga kömaklaşiş ham közlangan maqsadlardan biri hisoblanadi.
Tadbir davomida şu kabi maʼlumotlar berilganidan söng, “Buyuk imkoniyat – yorqin kelajak” savdo tizimi faoliyati tasvirlangan videorolik namoyiş qilindi. Şuningdek, tadbir iştirokçilari va qiziquvçilarning savollariga batafsil javoblar berib ötildi.
“Buyuk imkoniyat – yorqin kelajak” loyihasida, marketing savdo tizimida yuksak natijalarga erişgan faol liderlarni taqdirlaş marosimi ham bölib ötdi. Marketing tarmoğini rivojlantirişga öz hissalarini qöşgan va belgilangan bosqiçlardan ötib, yuqori natijalarga erişgan liderlar sahnaga taklif etildi va ularga sertifikatlar topşirildi.
Tadbirda tuman Madaniyat va turizm bölimining sanʼatkorlari, xalq jamoalari, taniqli estrada xonandalari, raqs dastalari iştirokida tayyorlagan kontsert dasturi namoyiş etildi. Qiziqarli ötgan tadbir barçaga manzur böldi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶