1-sonli maktabda “Kelajagimsan, farzandim!” nomli noananaviy majlis ötkazildi
Oila – farzand tuğilgaç, ilk közini oçib dunyoni köradigan, olam ranglarini his qiladigan makon. Şu makonda norasidalarning axloqi, qobiliyati, aql-idroki, yuriş-turişi, özgalar bilan özaro munosabatlari şakllanadi. Oilada ota-ona, farzandlar va boşqa yaqinlar birligi, özaro hamjihatligi, mehr-oqibati yangi tuğilgan gödak uçun saboq böladi. Bola quruq nasihat, yöl-yöriqlarga qaraganda köproq oilasida körganlaridan saboq olib ulğayadi. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, kattalarning yoş bolalar oldidagi burç va masʼuliyati naqadar yuksak ekanligini anglaş qiyin emas.
Inson yaşar ekan albatta, baxtli-saodatli, tinç-xotirjam yaşab, özidan munosib avlodlar qoldirişni istaydi. Şu maqsad yölida yelib-yuguradi, farzandini barkamol qilib voyaga yetkazişga intiladi. Bunda mahalla, taʼlim muassasi va oila hamkorligi muhim örin tutadi. Oilada soğlom fikrli, axloqli qilib tarbiyalangan bolaning dunyoqaraşi maktabda taʼlim olişi jarayonida yanada kengayadi, şuuri oydinlaşadi va keng jamoatçilikda, mahallada buni namoyon qila oladi.
Barkamol avlod har bir ota-onaninggina emas, ularga taʼlim berayotgan ustoz-muallimlarning ham orzusidir. Axir qaysi öqituvçi şogirdlarining ezgu işlar tufayli, ustozingga rahmat” degan olqişni olib yurişni istamaydi, deysiz?
Şu yil 20-may kuni Manğit şahridagi 1-sonli maktabda 8-A sinfi öquvçilarining ota-onalari bilan ötkazilgan “Kelajagimsan, farzandim!” nomli noananaviy majlis ham şu maqsadga qaratildi.
Majlisda maktab direktori, örinbosarlari, öqituvçilar, sinf rahbari va öquvçilarning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbirda dastlab mazkur sinf rahbari, qoraqalpoq tili öqituvçisi Aptabida Abdimuratova öquvçilarning dars maşğulotlarini çuqur özlaştirişlariga erişiş bilan bir qatorda, ularni munosib xulq-atvorli, bir-biriga sadoqatli döst, mehrli-oqibatli qilib tarbiyalaş borasida qilayotgan işlariga keng töxtaldi. Bu borada taʼlim muassasasi bilan ota-onalar hamkorligi ham juda zarur ekanligini taʼkiladi. Şu xususda ota-onalarning ham fikrlari tinglandi.
Şundan söng turli viktorinalar, qiziqarli öyinlar taşkil etildi. “Ota-onamga maktub” mavzusida öquvçilar sinf rahbari topşiriğiga köra ota-onalariga yozgan maktublari egalariga topşirildi. Maktublarni öqiş jarayoni juda hayajonli böldi. Çinki öğil-qizlar ota-onasi bilan oilada özaro muomalada aytişga jazm etolmagan yo iymangan tilaklarini, fikrlarini maktubda izhor etgan etdilar. Maktublar öqib bölingaç, öquvçilar ota-onalariga sovğalar hadya etişdi.
Şuningdek, öquv yili davomida aʼlo öqişi va namunali xulqi bilan boşqalarga örnak bölgan öquvçilarning ota-onalariga maktab maʼmuriyati tomonidan taşakkurnomalar topşirildi.
Tadbir öquvçilarda ham, ularning ota-onalarida ham ulkan taassurotlar qoldirdi.
“Kelajagimsan, farzandim!” Bu şunçaki balandparvoz emas, har bir ota-onaning dilida jarang soçuvçi sözdir. Farzand kamoli yölidagi har bir ezgu iş esa eʼtirofga sazovor. Şu boisdan ham noanaʼnaviy tadbir uçun ota-onalar Aptabida Abdumuratovaga çuqur minnatdorçilik bildirdilar va kelgusida ham taʼlim muassasasi bilan yaqindan hamkorlik qilişga vaʼda berdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶